http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Munosib unvonlar muborak!

on .

Xabaringiz bor, mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir guruh hamyurtlarimizni orden va medallar bilan mukofotladi.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, so’nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlarga qo’shgan munosib hissasi, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, ilg’or innovatsion texnologiyalarni joriy etish, faol investitsiya muhitini yaratish, eksport salohiyatini oshirish yo’lidagi ko’p yillik samarali va fidokorona mehnati, jamiyatimizda millatlararo do’stlik va totuvlikni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlaridagi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mukofotlanganlar orasida kombinat ishchi- xodimlarining ham borligi faxr tuyg’usini uyg’otadi. Xususan, istiqlol ayyomi arafasida “Olmaliq KMK” AJ Rux zavodi sex ustasi Burganova Tatyana Vasilyevna “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqining Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Salimov Behzod Asqarali o’g’li “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandilar. Fursatdan foydalanib, mukofot egalarini munosib unvonlari bilan muborakbod etib qolamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech