http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Bayramga obodlik bilan

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 70 yilligini munosib kutib olish maqsadida kombinat korxona-tashkilotlarida katta tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

Ayniqsa, Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan bayramga tayyorgarlik ko’rish qizg’in pallaga kirgan. Jumladan, boshqarma hududida qutlug’ sanaga bag’ishlangan o’ziga xos gullar kompozitsiyasi hamda uning atrofida dam olish bog’ini barpo etish ishlari nihoyalab qoldi.

Bundan tashqari, boshqarma tomonidan shahrimiz ko’chalari obodligi yo’lida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu kungacha shahar ko’chalarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish maqsadida 120 000 tup rayhon, 64000 tup shafran, 58000 tup katarantus va kashtan gullari ekildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech