http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Tanqidiy tahlil

on .

Ish jarayonida inson mehnat vositalari yordamida mehnat predmetiga ta’sir etadi va uning fazodagi o’rnini hamda shaklini sifatli tarzda o’zgartiradi.

O’z navbatida insonni egallab turgan vaziyatiga nisbatan mehnat predmetlari, vositalari - material, asboblar va ish jihozlarining barchasi mehnat sharoitining xususiyatiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Bundan tashqari, mehnatning xavfsizligi va zararsizligi ishlab chiqarish muhiti - mikroiqlim sharoiti, ishlab chiqarish zararlari, mehnatni tashkil qilish darajasi, ish bajaruvchining kasbiy tayyorgarligi va ustaligi kabi bir qator omillarga chambarchas bog’liq.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining bosh metallurgiya korxonasi - Mis eritish zavodida kuni kecha o’tkazilgan kengaytirilgan yig’ilishda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi yo’nalishidagi mavjud vaziyat chuqur tahlil qilindi. Kombinat ijro apparati Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi boshlig’i v.b Sherzod Yoqubov, bo’lim boshlig’i o’rinbosari Vladimir Li, korxona rahbariyati hamda sex va uchastkalar boshliqlari ishtirok etgan tadbir tanqidiy ruhda o’tdi. Tadbir avvalida MEZ Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi boshlig’i Saidakbar Sarabayev joriy yilning 7 avgustida Avtomobil transporti boshqarmasi 2-avtobazasi avtoyuklagich haydovchisi A.Abduqodirov bilan “Qayrag’och” shaxtasida yuz bergan hamda shu yilning 4 avgustida Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati o’qchisi E.Azamov bilan sodir bo’lgan, oqibati o’lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisalar yuzasidan OKMK boshqaruv raisining buyruqlari bilan tanishtirib o’tdi. Shundan so’ng, S.Sarabayev mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi yo’nalishida ayni kundagi vaziyatga doir ma’lumotlarni bildirdi. Ma’lumki, mehnat muhofazasi - huquqiy, tashkiliy, texnikaviy va sanitar-gigyenik tadbirlarni qamrab oladi va bu tadbirlar ishlab chiqarishdagi ish jarayonlarida insonning mehnat qobiliyatini saqlab qolish, sog’lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Aynan ushbu masalalarda qo’lga kiritilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda korxonaning sex va uchastkalaridagi mavjud vaziyatga xolisona baho berish imkonini beradigan slayd tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.

Ishlab chiqarishning turli jabhalarida baxtsiz hodisalar uchrab turadiki, bularga asosiy sababchisi sifatida ishlarni tashkil etishdagi kamchiliklar, mehnat intizomining buzilishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmaslik va ishlarning bajarilish nazorati susayganligi hisoblanadi. Slaydlarda namoyish etilgan har bir vaziyat chuqur tahlil qilingan holda kamchiliklar yuzasidan sex va uchastkalar boshliqlarining hisobotlari tinglandi. Ishchi-xodimlarga xavfli va zararli omillarning ta’sir etishiga olib keladigan sabablar saqlanib qolinayotganligi e’tirof etildi. Texnikaviy yo’nalishdagi tadbirlar ishchilarni har xil ishlab chiqarish jarohatlaridan va baxtsiz xodisalardan saqlab qolishga, mehnatni yengillashtirishga, jarohatlar va inson organizmiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarning sabablarini yo’qotishga omilkorona yo’naltirilishi lozimligi rahbarlar va soha mutaxassislari tomonidan ta’kidlandi. Mehnat sharoitlarining yaxshilanishi hamda xavfsizlik texnikasi borasidagi vazifalarning izchil bajarib borilishi ijtimoiy natijalarga, ya’ni mehnatkashlarning sog’ligini yaxshilash, o’z ishidan mamnun bo’lishni, mehnat intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish va mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omil ekanligi yana bir bor ko’rsatib o’tilib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech