http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

2020 yilda 50 turdagi yangi mahsulotlar o’zlashtiriladi

on .

«Olmaliq KMK» AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqaruvchi Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 2020 yilda 50 xil turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko’zda tutilmoqda.

Bizga bu haqda birlashmaning ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i Alisher Umarov ma’lum qilmoqda. Unga ko’ra, kelayotgan yilda qattiq qotishmali mahsulotlar, olovbardoshli va kislotabardoshli keramik buyumlar, burg’ulash uskunalari, mis quvurlar ishlab chiqarish uchun qattiq qotishmali uskunalar, sovutilgan holda o’rnatiladigan dastgohlar  va turli xil termoparalar ishlab chiqarilishi ko’zda tutilmoqda. Endi savol tug’iladi. Ushbu mahsulotlar qaysi xom ashyo asosida ishlab chiqariladi? Yangi mahsulotlar birlashmadagi ishlab chiqarish xom ashyosidan, ba’zilari esa import asosida keltiriladigan xom ashyodan tayyorlanadi.

Ushbu mahsulotlarning tayyorlanishi  volfram tuzini ishlab chiqarish sexidan boshlansa, yakuniy bosqichi kompozit materiallar ishlab chiqarish sexi hamda uskuna va texnologik jihozlar ishlab chiqarish sexida amalga oshiriladi. Shuningdek, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ta’mir mexanika uchastkasi ham jalb etiladi.

Yangi mahsluotlarning asosiy iste’molchilari o’zimizning kombinat hamda “O’zmetkombinat” AJ va  “Mexmash” korxonalari bo’ladi. Yangi mahsulotlar mahalliylashtirish dasturi asosida import tovarlarining  o’rnini bosish maqsadida tayyorlanishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech