http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Hosilning cho’g’i baland

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi mirishkorlari ayni damda kuzgi sabzavot ekinlari hosilini yig’ib-terib olishmoqda.

Ular tomonidan 50 gektar yerga ekilgan piyozdan shu kunlarda mo’l hosil olinib, belgilangan 1500 tonnalik reja 1600 tonnaga, ya’ni ortig’i bilan uddalandi. Bunda albatta, mirishkorlarning o’z vaqtida olib borgan agrotexnik ishlari hamda ekinga qaratgan parvarishlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bundan tashqari, boshqarma dehqonlari sa’yi-harakatlari bilan yetishtirilgan makkajo’xori hosilining ham cho’g’i baland. 2310 tonna  makka silosi zahirasi g’amlangani ham qishki ozuqa rejasining ortig’i bilan bajarilganini ko’rsatadi. Bugungi kunda dehqonlar kartoshka hosilini yig’ib olish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan.

Axborot xizmati 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech