http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Sanoat ekskursiyasi Qalmoqqir konida

on .

“Olmaliq KMK” AJ O’quv markazi hamda shahrimizdagi bir qator kasb-hunar kollejlari  va oliy o’quv yurtlarining filiallari bilan hamkorlik aloqalari bardavomlik kasb etgan. Ana shunday hamkorlik aloqalari doirasida 31 oktyabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalari hamda Konchilik, Kon-metallurgiya kasb-hunar kollejlarining o’quvchilari ishtirokida dunyodagi eng yirik konlardan sanalgan Qalmoqqir koniga sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.

Ekskursiya davomida bo’lajak konchi va metallurglar Qalmoqqir koni kuzatuv punktidan konda kechayotgan jarayonni o’z ko’zlari bilan ko’rishdi.

“Qalmoqqir” kon boshqarmasi - dunyodagi eng yirik tog’-kon korxonalaridan biri, O’zbekiston rangli metallurgiyasining asosiy bazasi hisoblanadi,-  deydi O’quv markazi xodimi Baxtiyor Niyazmetov.- Uning uzunligi - 4,2 km, kengligi - 1,7 km, nisbiy chuqurligi – 380-600 m. 1959 yil ekspluatatsiyaga tushirilgan vaqtdan buyon 1300 mln. tonna ma’dan qazib olingan. Kon yiliga 34 mln tonna ruda qazib olish quvvatiga ega.

Hozirgi kunda bu konda 40 dan ortiq ekskavator, bir smenada 224,5 mm diametrli quduqlarda 120 m ishlab chiqarish quvvati bilan 18 ta burg’ulash uskunalari, 35 ta 90 tonnalik katta yuk samosvallari – “Tereks”lar, 130 va 220 tonnalik “BelAZ” lar, 30 tadan ortiq 360 tonnalik PE-2M og’ir agregatlar ishlab turibdi. Temiryo’llar uzunligi 55 kilometrni tashkil etadi (35 km - karyer, 20 km. – chiqindi maydonlari).

Shu kuni talaba va o’quvchilar kon haqida boy ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech