http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Angren quvur zavodi jamoasidan yubileyga sovg’a

on .

“Olmaliq KMK” AJ tashkil topganligining 70 yilligiga Angren quvur zavodi mehnat jamoasi munosib sovg’a hozirlashdi.

Ya’ni zavodda o’lchami 65x65 mm.li ichki diametri 25 mm bo’lgan TU 48-21-497-75 markali kvadratli mis quvurlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi.

Ushbu quvurlar Mis eritish zavodidagi Vanyukov pechining zirh qoplama(futirovka)sini sovutishda foydalaniladi. Kvadrat quvurlarga bo’lgan talab Mis eritish zavodida 2020 yili 60 tonnani tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, yirik miqdordagi valyuta mablag’lari iqtisodiga erishiladi. Ushbu talabni esa Angren quvur zavodi mehnat jamoasi to’laligicha bajarib berish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, zavodda hozirgi kunda yana bir muhim ehtiyot qism mis shtangasi ham ishlab chiqilishiga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Mis shtanglari Mis eritish zavodining mis elektroliz qilish sexidagi elektroliz vannalarida qo’llaniladi.

Baxtiyor Tohirov,

Angren QZ muhandis texnologi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech