http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga kombinat uylari tayyor

on .

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Olmaliq KMK” AJ Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi tomonidan 2019-2020 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz-qish davriga o’z vaqtida va sifatli tayyorlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Unga ko’ra, 2019-2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davrida 296 ta ko’p qavatli uylarning 16 tasidagi turli hajmdagi isitish quvurlari, sovuq va issiq suv tizimi quvurlarining 4298 metri mukammal ta’mirdan chiqarildi. 11 ta ko’p qavatli uylarning 1006 pogonometr kanalizatsiya tizimi quvurlari yangilandi. Ko’p qavatli uylarning hududlarini yoritish masalasi ham ijobiy hal etib kelinmoqda. 115 ta uyning hududiga 257 dona yoritgichlar o’rnatilgani ham so’zimizning yorqin isbotidir.

17 ta uyning yumshoq qoplamali tom qismining 18093 m2 maydoni mukammal ta’mirlandi, 14 ta ko’p qavatli uyning 7643 m2 maydonidagi shifer qoplamalari yangilandi. 9 ta uyning tom qismidagi shiferlar 13346 m2 profnastil qoplamalariga almashtirildi.

4 ta ko’p qavatli uylar atrofida zamonaviy o’yin jihozlari bilan ta’minlangan bolalar maydonchalari tashkil etildi.

Ko’p qavatli uylarning issiqlik tizimini qish mavsumida sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida issiqlik tizimlarida gidropnevmatik yuvish ishlari ham amalga oshirib kelinmoqda.

26 ta uyning fasad qismida olib borilayotgan ta’mir ishlari hozirgi kungacha 28345 m2 maydonda yakunlandi. 56 ta uyning 11193 m2 trotuarlariga asfalt yotqizildi.

Kombinat tasarrufidagi ko’p qavatli uylarda va ularning muhandislik uskunalari hamda tizimlarida yuzaga keladigan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida OKMK UJFTBning kunu tun ishlaydigan dispetcherlik xizmati tashkil etilgan. Ushbu xizmat Olmaliq shahar hokimligi dispetcherlik xizmati bilan muntazam aloqada bo’lib, yuzaga keladigan har qanday nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko’radi.

Ma’lumki, shu kunlarda yurtimizda kunlar soviy boshladi. Hamshaharlarimizda ko’p qavatli uylarga qachon issiqlik energiyasi beriladi, degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. Ushbu savolga javob beradigan bo’lsak, Olmaliq shahar hokimining ko’rsatmasiga ko’ra, 2019 yil 4 noyabr kunidan boshlab ko’p qavatli uylarga issiqlik energiyasini berishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Bir so’z bilan aytganda, kuz-qish masumiga tayyorgarlik ishlari ko’ngildagidek olib borildi.

Mirsoat Mirkamolov,

UJTFB bosh muhandisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech