http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Yangi uskunalar o’rnatildi

on .

Kombinat texnologik uzviy zanjirida muhim o’rin egallovchi, qimmatbaho metallarni olishda asosiy reagent sanalgan ohak mahsulotini yetkazib beruvchi Ohak zavodi mehnat jamoasiga kombinat rahbariyati tomonidan atmosferaga ohak changini tashlashni kamaytirish vazifasi yuklatilgan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning fevral-mart oylarida zavoddagi aylanma kuydirish pechiga yuklanayotan ohaktosh xom ashyosi qo’shimcha elash uskunasi o’rnatildi.  Natijada mayda fraksiyadagi ohaktoshlarni kuydirish pechiga o’tkazish imkonini berib, tabiiy gaz va elektr tokining iqtisodiga ham erishilib, bu o’z-o’zidan mahsulot sifatini oshirib tannarxning tushishiga olib keldi.

Shuningdek, qo’shimcha ravishda kuydirish pechini joriy ta’mirlash jarayonida  pechga TSN-145-1006UP(SP) va DN-21 guruh siklonlari hamda ventilyator uskunasi ham o’rnatilib, ushbu uskunalar atmosferaga  avvalgi holatga nisbatan ishlab chiqarish jarayonidan so’ng ohak changini ushlab qolish imkonini beradi.

Sobir Isoqov,

Ohak zavodi texnologi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech