http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Rahmat sizga, kommunalchilar!

on .

Kommunal xizmat ko’rsatish sohasi nihoyatda e’tirozlarga mo’l, tanqidlarga nishon bo’luvchi xizmat hisoblanadi. Biroq Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ushbu sohada ibratga molik yutuqlarga erishib kelinmoqda.

Buni inkor qilishga hech qanday asosga ega emasmiz. Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi hamda kombinat korxona va sexlarining kuchlari evaziga aholi muammolari qator yillardan beri o’z ijobiy yechimini topib kelmoqda. Biz yashab kelayotgan "Sunbula" ko’chasidagi 17-A ko’p xonadonli uy tom qismida yuz bergan muammolar yuzasidan 1-Uy-joylarni ta’mirlash uchastkasi boshlig’i Shukurillo Umarovga qilgan dastlabki murojatimizdan ko’p o’tmay, muammoli holatga barham berish tadbirlari aholi bilan kelishilgan holda ishlab chiqildi. Uchastka kommunalchilarining sa’y-harakatlari evaziga yog’in-sochinli kunlarga qolmasdan ta’mir ishlari yakuniga yetkazildi. Uylar tom qismlarini ta’mirlash ustasi Fayzulla Ortiqov, Nurillo Madaliyev, Qobil Elchiboyev, Abdurahim Xolboyev, Baxtiyor Rahmatov va Shahzod Umarov kabi ishchi-xodimlar tomonidan bajarilgan ish sifatini ko’rib ko’z quvonadi. Murojaatlar tezkorlikda hal qilinishi hamda aholi farovonligini ta’minlashda halol va vijdonan mehnat qilib kelayotgan 1-Uy-joylarni ta’mirlash uchastkasining barcha ishchi-ta’mirchilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ularning olijanob va mas’uliyatli ishlariga omadlar tilaymiz.

Marina KADIROVA,

OKMK Moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi operatori

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech