http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Fidoyi ta’mirchilarga rahmat!

on .

Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini oshirish yo’lida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyo davlatlari diqqat markazida bo’lib kelayapti.

Ayniqsa, joriy yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb nomlanishi va bu borada ishlab chiqilgan Dastur doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi umumiy ahvolni yaxshilash, ular faoliyatini takomillashtirish, farzandlarimizning ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar e’tirofga molik bo’layotganini alohida ta’kidlash lozim. Bu kabi tadbir va vazifalar bugun mamlakatimizning gigant korxonalaridan sanalmish Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham qizg’in tus olgan. Xususan, kombinat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. O’z o’rnida mehnatkashlar farzandlari munosib sharoitlarda ta’lim-tarbiya topmoqda.

Shu kungacha OKMK tasarrufida 15 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko’rsatib kelgan bo’lsa, kuni kecha yana bir zamonaviy sharoitlarga ega va shinam 50 o’rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti munosib ravishda bu safdan o’rin oldi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi xo’jalik va ta’mir, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari kombinatning otaliq korxonalari tomonidan amalga oshirib kelinmokda. Guruh va ma’muriy binolar kosmetik ta’miri, kuz-qish mavsumini ko’ngildagidek o’tkazish maqsadida isitish tizimlarini sozlash, shuningdek bolalar foydalanishi uchun sport anjomlarining takdim etilishi shular jumlasidandir. Kombinatimizning 70 yillik ayyomi arafasida bizning “Do’stlik” nomli 31-son maktabgacha ta’lim tashkilotimizning otaliq korxonasi bo’lgan Ixtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi ta’mirchilari tomonidan yozgi suzish xavzasi mukammal ta’mirdan chiqarildi va ushbu suv xavzasi yarim yopiq holga keltirildi. Yanada ko’rkam ko’rinish kasb etgan ushbu soyabon nafaqat shinamligi bilan, balki qish mavsumida suzish xavzasini yog’ingarchilikdan, yoz faslida esa bolajonlarimizni jazirama quyosh nurlaridan himoyalaydi.

Shu o’rinda 31-sonli maktabacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati va ota-onalar nomidan farzandlarimizga ko’rsatilayotgan e’tibor va yordamlar uchun Ixtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi rahbariyati va zahmatkash ishchi-xodimlariga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Saodat TESHABOYEVA,

IOB 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech