http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Kompressor stansiyasi sifatli xizmat yo’lida

on .

Kombinat korxonalarining yonilg’i-moylash materiallari va siqilgan tabiiy gazga bo’lgan ehtiyojlarini kompleks ravishda o’z vaqtida ta’minlash vazifalarini bajarib kelayotgan Neft mahsulotlari ta’minoti boshqarmasi 2005 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo’lsa-da o’tgan qisqa davr ichida OKMKning eng ilg’or ta’minot korxonalaridan biriga aylandi.

Transport-xo’jalik uchastkasi, yonilg’i-moylash materiallari markaziy ombori, 13 ta avtoyonilg’i quyish stantsiyalari, YoMM sifatini nazorat qilish laboratoriyalaridan iborat bo’lgan boshqarma faoliyatida Avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor stansiyasining ham o’rni alohida. Ish quvvati 1200 m3 siqilgan tabiiy gazni tashkil etuvchi stantsiya Italiyadan keltirilgan eng zamonaviy kompressor qurilmasi va gaz to’ldirib berish tayanchlari bilan jihozlangan. Erta tong soat 5:00dan to kech 22:00gacha o’rtacha 110 tadan ziyod turli rusumlardagi transport vositalariga xizmat ko’rsatib kelinadigan stantsiyada 12 nafar texnik xodimlar mehnat qilishadi.

Zafar Odilov rahbarlik qilib kelayotgan mazkur jamoa tomonidan kuniga 1500-1800 m3 gacha siqilgan tabiiy gaz bilan transport vositalarini to’ldirish asnosida ekspluatatsiya talablariga qat’iy rioya qilib boradi. Tabiiy gaz va bosim ostida ishlovchi qurilmalar nihoyatda ehtiyotkorlik va omilkorona munosabatni talab qiladi. Jahongir Hamidov, Rahim Nusratov va Odil Mahmudjonov kabi operatorlar ishi dastlab kuzatganda oson va jo’n ko’rinsada, o’ziga xos talablari bilan ajralib turadi. Ish smenasi davomida Avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyasi rahbariyati ko’rsatmalarini bajarish, stansiyaga kirishdagi bosqichlardagi siqilish, kompressorda siqilish bosqichi va taqsimlash blokidagi gaz bosimini hamda haroratini sovitilganga qadar va sovutilgandan keyin kuzatib borish, Avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalarini ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan har ikki soatda yig’ilib qolgan chiqindi gazlarni chiqarib tashlash, sarf-harajatlar hisobotini yuritish kabi vazifalar operatorlardan yuksak mahorat talab qiladi. Qabul qilib olinayotgan tabiiy gazni qayta ishlash va kompressor uskunasiga xizmat ko’rsatish vazifasi yuklatilgan Sarvar Ibragimov, Murod Matmurodov va Faxriddin Isroilov kabi texnologik kompressor mashinistlari agregatlar va qismlardagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq o’z vaqtida armaturalar salьniklarida, kalaklar va gaz quvurlari biriktiruvlaridagi sizib chiqishlarni bartaraf etish, ish me’yori buzilishiga olib keluvchi nosozliklar aniqlanganda yonilg’i quyishni to’xtatish barobarida sifatli siqilgan gaz yonilg’isi ishlab chiqarilishiga muvaffaq bo’lishmoqda.

Manometrlar va muhofazalovchi klapanlar sozligini tekshirish, gaz quyish kompressori nosoz manometr va muhofazalovchi klapanlarsiz ishlashiga yo’l qo’ymaslik, soz gaz ballon uskunasi va tegishli xujjatlariga ega avtomobilga gaz yonilg’isi quyilishiga haydovchi ruxsati bilan kirishish, uskunalar, asboblar va himoya moslamalari, avtomat vositalarida rejali profilaktik ta’mirlar o’tkazilish jadvaliga rioya qilish kabi vazifalarni bajarib keluvchi gaz ballonlarini to’ldiruvchilar ham jamoaning asosiy kasb vakillari hisoblanishadi. Muxtor Imonov, Bahodir Boirov va Dilshod Qodirov singari gaz ballonlarini to’ldiruvchilarning qat’iy talabchanliklari tufayli kompressor stantsiyasi quyish tayanchlarida haydovchilar bilan puxta ish uslubi yaratilgan, bu esa yonilg’i bilan to’ldirib berish xavfsizligini ta’minlab kelmoqda. So’nggi yillarda boshqarmaning 70 foizdan ziyod maxsus avtotransport texnikalari va yonilg’i quyish uskunalari yangilanishiga muvaffaq bo’lindi.

2011 yildan beri OKMK avtotransport parkining siqilgan tabiiy gazga bo’lgan talabini qondirib kelayotgan Avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyasida xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, ish samaradorligini oshirish, energiya manbalari tejamkorligiga erishish yo’lida maqsadli tadbirlar amalga oshirib kelinayotgani stantsiya ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yuqoriligini ta’minlab bormoqda.

Hasan Abdullayev

AX muxbiri

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech