http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Ishonchni yorug’ yuz bilan oqladik

on .

Kombinat texnologik uzviy zanjirida muhim bo’g’in sanalgan Avtomobil transporti boshqarmasi mehnat jamoasi uchun 2019 yil samarali bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Sababi, ATB mehnat jamoasi 2019 yil tog’ jinslarini tashish rejasini muddatidan avval, ya’ni 8 oktyabr kuni 100%ga bajardi.

Kombinat va «SFI Management Group» kompaniyasi rahbariyatining qo’llab-quvvatlashi evaziga bunday mehnat zafarlariga erishayapmiz. O’z vaqtida ehtiyot qismlar, yonilg’i-moylash materiallari, avtoshinalar va boshqa tovar moddiy boyliklari bilan ta’minlanishimiz yutuqlarimizning bosh omili bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

ATB tarkibida ayni damda 8ta avtokorxona, traktor parki, avtota’mir uchastkasi, ta’mir-xo’jalik uchastkalari bo’lib, hozirda boshqarma korxonalarida 1400dan ortiq avtotransport vositalari va yo’l qurilish texnikalari xizmat ko’rsatib kelmoqda. Kombinat 70 yilligi arafasida ishchilarimizdan K.Bayusupov, A.Raxmanov, A.Topilov, A.Dromashkolar davlatimiz mukofotlari bilan, N.Urazaliyev va O.Cherevkolar kombinat rahbariyati tomonidan “Konchilik sharafi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangani bizga bildirilgan yuksak ishonchning namunasidir.

ATB mehnat jamoasi bundan keyin ham bildirilgan ishonchni oqlashda davom etadi.

 Talgat PARPIYEV,

ATB ishlab chiqarish texnik bo’limi boshlig’i v.b.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech