http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

2-MOF bo’lib o’tgan o’quv-taktik mashg’ulot

on .

O’zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuniga asosan 2-Mis boyitish fabrikasida kombinat ishchi-xodimlarining favqulotda vaziyatlarda xavfsizligini ta’minlash bo’yicha bilimi va mahoratini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlarning oldini olish masalalari yuzasidan o’quv-taktik mashg’ulot bo’lib o’tdi.

Tadbir rejasiga ko’ra, mashg’ulot ikki bosqichda o’tkazilib, birinchi qismda zilzila tabiiy ofati natijasida 2-Mis boyitish fabrikasi binosining bir qismi qulab tushadi va nasos stansiyasida  yong’in yuzaga keladi. Bino o’pirilishi oqibatida ikki kishi tan jaroxati oladi va yong’in sodir bo’lgan vayronalar ichida 13 kishi tutqinda qolib ketadi.

Taktik o’quv-mashg’ulotida rejaga kiritilgan ikkinchi voqeaga ko’ra, sodir bo’lgan tabiiy ofatdan foydalanib qolish maqsadida 4 nafar ishchi o’zaro til biriktirib, korxona tashqarisidan qurollangan  jinoiy shaxslarni jalb qilib hududda mavjud bo’lgan ob’ekt omborxonasidan tovar moddiy boyliklarni o’g’irlashga harakat qilishadi.

Mashg’ulotda ta’mirlash-mexanika uchastkasi hamda chiqindilarni yig’ish sexining ko’ngilli o’t o’chiruvchilari guruhi, fabrika despetcherlari, kombinatni muhofaza qilish bo’yicha Yong’in xavfsizligi bo’limining jangavor guruhi hamda kombinat Fuqaro muhofazasi bo’limi qutqaruvchilari ishtirok etishib olov va uning oqibatlarini bartaraf etishda, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda, tutqinda qolganlarni chiqarishga xamda moddiy boyliklarni saqlab qolishga xarakat qilishdi.

O’quv mashg’uloti so’ngida unda ishtirok etgan barcha kuch va vositalarning xarakatlari taxlil qilinib yo’l quyilgan xato kamchiliklar ko’rsatib o’tildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech