http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi

on .

Bugun poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz sanoati hamda kooperatsiyasi rivojlanishi, sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning amaliy natijalarini keng ommaga targ‘ib qilishga qaratilgan.

Yarmarkani O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo'jayev ochib berib, mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz belgilab bergan 13 ta yirik muhim strategik ahamiyatga ega tarmoqlarning dasturlari tasdiqlanganligini, bunda eng avvalo, mavjud quvvatlardan oqilona foydalanish masalasi ko'rib chiqilayotganligini va buning natijasi o'laroq Olmaliq hamda Navoiy kon metallurgiya kombinatlari, avtosanoat sohasida mana shu quvvatlardan samarali foydalanish borasida bir qator ishlar amalga oshirilganligini alohida e'tirof etdi.

Bu ishlar ko‘lamini kengaytirishda davlatimiz rahbarining joriy yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 30 sentabrdagi “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.

O‘tkazilayotgan tadbir ham shunday ezgu amallarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda vazirlik huzurida Elektron kooperatsiya birjasi – www.cooperation.uz portali faoliyat yuritmoqda. Mazkur portal ishlab chiqaruvchilar uchun katta muloqot maydoni sifatida xizmat qiladi. Tadbirda tadbirkorlar o‘rtasida kelishuv va shartnomalar tuzish onlayn tarzda rasmiylashtirish uchun qulayliklar yaratildi.

Ushbu O'zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida bizning OKMK AJ ham faol qatnashib, 500 ga yaqin mahsulotlar, jumladan 100 ga yaqin ishlab chiqariladigan, 400 ga yaqin import mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi 18-noyabrdan 22 noyabrga qadar o'tkazilib, unda yurtimizning 650 ta sanoat ishlab chiqaruvchi korxonalari 2 ming 275 turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqdi. Shuningdek, bir qator uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech