http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Shahar ozodaligiga mas’ullar...

on .

Shunday kasb-kor egalari bor-ki, ularning mehnatlari har qanday tahsinga loyiq.

Bu - hali quyosh borliqqa nur taratmay, ona-zaminni orasta etayotgan farroshlar mehnatidir.

Ma’lumki, shahrimiz Olmaliqda, shuningdek, kombinatimizda ko’plab nufuzli marosimlar, shodiyonalar, madaniyat va sport tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Ayniqsa, OKMKga xorijdan qator hamkorlarimiz, mehmonlar va investorlar tashrif buyurishayapti.

Shu bois, kombinatning UJTUFB mexanika xizmati dispetcherlari, ko’cha supuruvchilar, yuklovchi va chiqindilarni tashuvchi traktorchilar, jami 100 nafarga yaqin ishchilar uchun olti kunlik ish kuni tasdiqlandi.

Aksari tadbirlar aynan dam olish kunlari o’tkazilmoqda. Shularni inobatga olgan holda, yuqoridagi xodimlar uchun hafta davomida har kuni 7 soatdan, shanba kuni 5 soatlik ish kunlari joriy etildi. Bu o’z vaqtida belgilangan va juda o’rinli qarordir. Zero, xalqimizda, ozoda va obod maskanlardagina qut-baraka, fayz-u tarovat bo’ladi, degan naql bor.

Shahrimiz tozaligini ta’minlab berayotgan kombinat kommunal xizmati xodimlarining mehnatini, muxtasar aytganda farroshlar mehnatini qadrlash har bir olmaliqlikning burchi. Mana shu ozodalikka har birimiz munosib hissa qo’shaylik, zotan shahrimiz ko’rki, chiroyi siz-u bizning yuzimiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech