http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

“Sovremennik” metallurglar sahnasida

on .

Moskva badiiy akademik teatri studiyasi bitiruvchilarining tashabbusi bilan 1956 yilda tashkil etilgan “Sovremennik” davlat drama teatri nomini eshitmagan san’at muxlislari bo’lmasa kerak.

Dastlab kino va teatr muxlislariga yaxshi tanish bo’lgan Oleg Yefremov rahbarligi ostida faoliyatini boshlagan teatr Oleg Tabakov, Yevgeniy Yevstigneev, Vladimir Visotskiy, Cho’lpon Xamatova kabi buyuk aktyorlarni tarbiyalab yetishtirdi hamda bir qator sahna asarlari bilan teatr san’ati xazinasini boyita oldi. Rossiya xalq artisti Galina Volchek boshchiligida teatr jamoasi o’zining eng yuqori ijod cho’qqisini zabt etdi. 17 noyabr kuni mazkur teatr jamoasi OKMK “Metallurg” madaniyat saroyida o’z gastrol tomoshalarini teatr muxlislariga taqdim etdi. “San’at, fan va sport” xayriya jamg’armasining maxsus taklifi shahrimiz san’at shinavandalari uchun nodir teatr tomoshasidan bahramand bo’lish imkonini yaratdi. “Neformat” klub kechasi deb nomlangan asar teatrning yosh ijodkorlari, ularning hissiyotlarini yorqin ochib berishi bilan ahamiyatlidir.

Vladislav Vetrov va Yevgeniya Pavlovalarning yuqori aktyorlik mahorati olqishlar bilan qarshi olindi. Hamyurtimiz, taniqli milliarder Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya jamg’armasi tashkilotchiligi evaziga taniqli teatr jamoasi 1970 yildan beri ilk marotaba yurtimizda o’z muxlislari bilan yuzma-yuz uchrashdi. Guldurosli qarsaqlar, sahnani to’ldirgan gullar, muxlislar ovatsiyasi, sahnadan ko’ngillarga ko’chgan taassurotlar shahrimiz teatr muxlislariga zavq bag’ishladi. Aktyorlar ijrosi jamoaviy guruhi sifatida tashkil topgan, ko’p o’tmay eng yuqori ijro uslubini shakllantirgan teatr bugunga kelib chin ma’noda hammaslak yulduzlar ansambliga aylanganini ko’rsata oldi. O’tgan asr o’rtalaridan boshlab bir necha avlodlarning sevimli teatr jamoasi e’tirofini qozongan “Sovremennik” san’at xalqlarni yanada birlashtira olishini shahrimizdan boshlangan gastrol safari bilan yana bir bor amalda isbotladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech