http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Ozuqabop mahsulotlar yetishtirilmoqda

on .

Sut va go’sht mahsulotlari tarkibida inson organizmi uchun eng kerakli moddalardan biri oqsil moddasi va kaltsiy elementlari majud.

“Olmaliq KMK” AJ Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga qarashli Sut-tovar fermasida boqilayotgan 847 bosh yirik shoxli mollarni kuz-qish mavsumida to’yimli ozuqalar bilan ta’minlash uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va yem-xashak tayyorlash bo’limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugungi kunda jami 30 gektar maydonda ozuqa lavlagisi yetishtirilmoqda. Mavsum so’nggiga qadar gektaridan 30 tonnagacha jami 900 tonna mahsulot olish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: 2019 yilda 30 gektar maydondan reja bo’yicha 900 tonna ozuqa lavlagi hosilini olish belgilangan, amalda esa 915,6 tonna hosil olinib, belgilangan reja 102% ga bajarilgan.

Abror KOMILOV,

IMICHB boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech