http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Ichki xotirjamlikda bo’ling

on .

Bugungi kunda barchani xavotirga, qo’rquvga, vahimaga solayotgan “koronavirus” kasalligining psixologik kelib chiqishi haqida ma’lumot berar ekanman, kasallik borasidagi o’z fikr va tavsiyalarimni sizlar bilan bo’lishishni joiz deb topdim.

Ma’lumki, hayotimizda turli kasalliklar fikrlashimiz, yurish-turishimiz, odob-ahloqimiz, hayot tarzimiz orqali kirib keladi. Ko’pchilik insonlar tabiiy hissiyotga beriluvchan bo’lganligi sababli, ba’zi kasalliklarning belgilarini qo’rquv va xavotir bilan kuchaytirgan holda yoki ta’sirchanligi evaziga o’ziga tortib oladi va o’zida mana shu kasalliklarni sun’iy holda paydo qiladi. Biz har qanday salbiy axborotga nisbatan psixologik immunitetimizni mustahkam qilmasak, o’sha kasalliklar haqidagi yopishqoq fikrlar bizning ongimizni egallab oladi.

Psixosamatika mutaxassislarining ta’kidlashicha, deyarli barcha kasalliklar shaxslararo munosabatdagi muammolar, ziddiyatlar, keskinliklar, kelishmovchiliklar, stress, ichki va tashqi omillar hamda insonlar ta’sirida vujudga keladi.

Insondagi turli kasalliklarni faollashtiruvchi beshta hissiyot mavjud: qayg’u, g’azab, qo’rquv, qiziqish va quvonch.

Bugun yurtdoshlarimiz orasidagi shov-shuv va qo’rquvga sababchi bo’layotgan “koronavirus” haqida psixologik tavsiyalarim quyidagilardan iborat.

Har qanday xavotir, har qanday vahima muammoni kuchaytirsa kuchaytiradiki, kamaytirmaydi. Ota-bobolarimiz ham hayotda juda ko’p qiyinchiliklarni boshidan o’tkazish jarayonida sabr bilan shukrni yodlaridan chiqarishmagan. Biz ham hayot tarzimizni sokinlikda shukronalik ila sabr bilan o’tkazaylik.

O’zingizni qo’lga oling, ichki xotirjamlikka erishing, har qanday xissiyot va yomon axborotlar ta’siriga berilmang. Bu masalada davlatimiz rahbariyati, hukumatimiz tomonidan berilayotgan tavsiyalarga amal qiling.

Vahima ko’tarmang, chunki sizdagi ortiqcha hissiyot oila a’zolaringizga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Uyingizda sokin muhit bo’lishini ta’minlang. Ortiqcha qo’rquvni kelib chiqishiga yo’l qo’ymang. Tozalik va shaxsiy gigenaga e’tiborli bo’ling. Menga hech narsa yuqmaydi, degan fikrdan yiroq bo’ling. Chunki o’zini ehtiyot qilgan insonni Alloh ham asraydi.

Ichki xotirjamlikda bo’ling. Ichki ishonch, ichki motivatsiyani kuchaytiring. Ichki olamdagi taranglik va zo’riqishni bartaraf qiling.

Bir-biringizga mehrli, muhabbatli bo’ling. Chunki bu sinovni birgalikda, qadriyatlarimizni unutmagan holda qo’lni qo’lga berib, birdamlik bilan yengib o’tishimiz kerak.

Viloyat DAVLETOVA,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi psixologi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech