http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Ko’p qavatli uylarda dezinfeksiya ishlari davom etmoqda

on .

“Olmaliq KMK” AJning “COVID-19 infeksiyasini bartaraf etish hamda kombinat ishchilarining salomatligini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq, Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi tomonidan boshqarma tasarrufidagi 306 ta ko’p qavatli uylar hamda ushbu uylarning 1069 ta uy yo’laklarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugungi kunga kelib, ushbu ko’p qavatli uylar va uy yo’laklari ikki marotaba dezinfeksiya qilindi. 

Hurmatli fuqarolar, agarda siz yashayotgan ko’p qavatli uy(kombinat uylari)da dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmagan bo’lsa OKMK Axborot xizmatining  telegram kanallaridagi @PressAGMK_bot manziliga yoki 93 182 17 02 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech