http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Karantin vaqtida mehnat munosabatlari

on .

Sir emas bugun koronavirus infeksiyasi sababli ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlariga oid bir qator savollar tug’ilmoqda. Xo’sh kombinatda bu masalada qanday ishlar olib borilmoqda? Bu haqda quyida OKMK boshqaruvi raisining xodimlar masalalari bo’yicha o’rinbosari Azim Mirzajonov bilan uyushtirgan suhbatimizda boxabar bo’lasiz.

Karantin chorasi O’zbekistonda birinchi marta qo’llanilayotganligi sababli juda ko’plab savollar paydo bo’lishi tabiiy holat. Kombinatning ishonch telefonlariga, ijtimoiy tarmoqlar orqali aynan karantin vaqtida mehnat munosabatlarini qanday shakllantirish bo’yicha juda ham ko’plab savollar kelib tushmoqda.

“Olmaliq KMK AJ rahbariyati tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to’g’risida” 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qarori ijrosini ta’minlash va COVID-2019 koronavirusining yangi turi kirib kelishi, tarqalishining oldini olish, qulay sanitariya-epidemiologik muhitni ta’minlash va ishchi-xizmatchilar, aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda, jumladan:

  • koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo’yicha maxsus komissiyasi tarkibi shakllantirildi va faoliyat olib bormoqda;
  • hujjatlar bilan ishlash tizimi, imzolash, kelishish, tasdiqlash, ma’lumotlar va hisobotlar qabul qilish, yuborish elektron shaklda amalga oshirilmoqda;
  • ishchi-xodimlarni virusga qarshi preparatlar va shaxsiy himoya vositalari bilan o’z vaqtida zarur hajmda ta’minlash maqsadida, karantin davri mobaynida 1 nafar xodimga 3 donadan himoya niqoblarini ishlab chiqarish va bepul tarqatish yo’lga qo’yildi hamda barcha sex va bo’linmalar antiseptik vositalari, tana haroratini o’lchovchi masofaviy termometrlar bilan ta’minlandi;
  • ijro apparati hamda barcha sex va bo’linmalarda ish vaqti, smenasi boshlanishidan oldin ishchi-xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tadbirlari amalga oshirilmoqda;
  • OKMK televideniyasi, ijtimoiy tarmoqlardagi kombinat rasmiy saytlarida aholi o’rtasida koronavirusning tarqalishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni tushuntirish, shuningdek, uni profilaktika qilish usullari bo’yicha maxsus videolavhalar namoyish etilmoqda;
  • kombinat tasarrufidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida karantin e’lon qilinib, 3000 ga yaqin tarbiyalanuvchilar ta’tilga chiqarildi hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida dezinfektsiya choralari ko’rildi;
  • kombinat tasarrufidagi barcha avtotransport vositalarini odam tashishdan oldin va keyin dezinfeksiya qilish choralari ko’rilmoqda;
  • barcha yig’ilishlar, ommaviy tadbirlar bekor qilinib, o’qitish, qayta tayyorlash, trening kurslari masofaviy tashkil etildi hamda ishlab chiqarish yuzasidan zarur bo’lgan yig’ilishlar selektor shaklida olib borilmoqda.

Bundan tashqari, karantin vaqtida ishchi-xodimlarga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berish, moddiy va ma’naviy ko’mak berish maqsadida tezkor aloqa xizmati tashkil etildi hamda kombinat O’quv markazi va Axborot xizmati tomonidan OKMK televideniyasi orqali turli mavzudagi, qiziqarli o’quv mashg’ulotlari, trening darslarini efirga uzatib borish yuzasidan zarur choralar ko’rilmoqda. 

Savol. Karantin davrida 3 yoshli farzandim uyda, unga karaydigan odam yo’q. Lekin men har kuni ishga kelyapman. Gohida bolani ham o’zim bilan olib yurishga majburman. Ishlaydigan ota-onalarga bolalarni xavfsiz olib o’tirish uchun imtiyoz bormi?

Javob: Kelib tushgan savollarga batavsil to’xtaladigan bo’lsak, muhtaram Prezidentimiz kasallikning iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini kamaytirish chora-tadbirlari bo’yicha farmoniga muvofiq:

Bog’cha tarbiyasi yoshida bo’lgan yoxud umumta’lim o’rta maktabning 1-4 sinflarida o’qiydigan farzandlarning yo otasi, yoki onasi, yo bo’lmasa, vasiyiga mehnat ta’tili beriladi. Bunda, avvaldan tasdiqlangan grafikdan qat’iy nazar mehnat ta’tili berilishi nazarda tutilgan.

Savol: Agar ishchi xodim bu yil hisobidan mehnat ta’tilini olgan bo’lsa yoki mehnat ta’tili tugab ishga chiqishi kerak bo’lsa, ularga nisbatan qanday yo’l tutiladi?

Javob: Agar ishchi xodim bu yil hisobidan mehnat ta’tilini olgan bo’lsa yoki mehnat ta’tili tugab ishga chiqishi kerak bo’lisa, ish beruvchi bilan kelishgan holda xodimning ish tarkibi, ishning xususiyatidan kelib chiqgan holda qisqartirilgan ish rejimiga o’tishi, masofadan turib ish faoliyatini yuritishi yoki o’z hisobidan mehnat ta’tili olishi mumkin.

Savol: Pandemiya sabab karantinga olingan kombinat tarkibidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga ta’til berildimi?

Javob: Pandemiya sabab karantinga olingan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 750 nafaridan ortiq ishchi-xodimlari va umumiy hisobda kombinat bo’yicha bugungi kun holatiga 6600 dan ortiq ishchi-xodimlarga ta’til berildi.

Savol: Mazkur sharoitda, ya’ni karantin davrida masofada ishlasa ham bo’ladi degan ma’lumot eshitdik. Kombinatda kimlar masofadan turib ishlashi mumkin?    

Javob: Pensiya yoshidagi keksa ishchilar, homilador ayollar, nogironligi bor yoxud ishlay oladigan ammo surunkali xastaligi bor xodimlarga ularning ish tarkibi, ishning xususiyatiga qarab ish beruvchi bilan kelishgan holda masofadan ishlash yoki qisqa muddatli ishlash imkoniyatlarini taqdim etilishi belgilangan. Kombinatda hozirda 20 nafardan ortiq xodimlar masofadan turib ishlash rejimiga o’tishgan.

Savol: Hozirgi sharoitda mehnat ta’tilini ma’lum bir qismini hozir olib qolgan qismini keyin olsam ham bo’ladimi?

Javob:Amaldagi mehnat kodeksining 146-moddasiga binoan xodimning xohishiga ko’ra, uning yozma arizasi asosida ta’tilni qismlarga bo’lishga yo’l qo’yiladi. Bunda ta’tilning bir qismi o’n ikki ish kunidan kam bo’lmasligi lozim. Ammo, pandemiya sababli ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolarining sog’ligi, aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida karantin vaqtida mehnat ta’tilini to’liq olish tavsiya etiladi.

Fursatdan foydalanib, barchalaringizdan karantin vaqtida zarurat bo’lmaganda ko’chaga chiqmasligingizni, shaxsiy gigiena qoidalariga qatьiy rioya etishingizni, eng asosiysi vahimaga tushmasligingizni so’rayman.

Ma’lumot tariqasida, O’zbekistonda koronavirus masalasi bo’yicha ob’ektiv va ishonchli ma’lumotga ega bo’lish uchun, fuqarolarining koronavirus infektsiyasi yuzasidagi savollariga to’laqonli javob olishlari maqsadida Sog’liqni saqlash vazirligi Call-markazining 1003 qisqa  yagona raqami 24 soat davomida ishlab turibdi.

Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasi tufayli joriy etilgan karantin sharoitida kam ta’minlangan va ijtimoiy muhtoj oilalarga, nogiron va yolg’iz keksalarga kommunal muammolarda hamda oziq-ovqat mahsulotlarini, dori-darmon vositalarini yetkazib berishda yordam ko’rsatish hamda kasallik bilan bog’liq ma’lumotlarni berish maqsadida "Olmaliq KMK" AJda har kuni soat 8.00dan 20.00gacha ishlovchi tezkor aloqa xizmati ishga tushirildi. Aloqa xizmatining telefon raqami - 78 141 93 02.

Suhbatingiz uchun ramat.

Rahmat.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech