http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Kovuldi koni: samaradorlikka erishib

on .

Kovuldi koni mehnat jamoasi tomonidan o’tgan davr mobaynida barcha ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yuqori marralarda zabt etildi.

Jumladan, 2020 yil yanvar-mart holatiga Ruda qazib olish rejasi  100,5 % ga, kon tayyorlov ishlari rejasi– 105,0 %, eksplorazvedka ishlari rejasi 110,5 %ga, qazib olish ishlari rejasi 101,4 %ga, tog’ massasi qazib olish  rejasi 102,9 %ga, to’ldirish ishlari rejasi 102,3 %ga bajarildi. Shuningdek, marrani katta olgan konchilar tomonidan ruda maydalash ishlari rejasi – 101,1 %ga, flyusli rudani ishlab chiqarish va jo’natish rejasi 101,2 %ga, flyusli ruda tarkibida 1-metall rejasi 102,8 %ga, flyusli ruda tarkibida 2-metall rejasi 101,6 %ga bajarilishiga erishildi.

Kon mehnat jamoasi tomonidan erishilgan yutuqlarda Yer osti uchastkasi boshlig’i Suhrob Safarov, uning o’rinbosarlari, Yandashali Shamshirov, Alisher Utashev, Kon lahmlarini mustahkamlash va shamollatish uchastkasi boshlig’i v.b. Komiljon Jamolov, Ruda tayyorlash uchastkasi boshlig’i Alisher Hayitboyev, uning o’rinbosari Alimardon Sotiboldiyev, Shaxta usti uchastkasi boshlig’i Sherali Anarov, Ta’mirlash qurilish uchastkasi boshlig’i Zafar Risqihevlarning munosib hissasi borligini ta’kidlash joiz.

Akmal Xolmatov,

Kovuldi koni texnik ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech