http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

MBF koronavirus infeksiyasi profilaktikasi

on .

Mis boyitish fabrikasida koronavirusga qarshi barcha chora tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda.

Jumladan, fabrika hududiga kirayotgan har bir shaxsning tana harorati o’lchanib, qo’llari dezinfeksiya qilinib keyin ish joyiga kiritilmoqda. Ishchilar oshxonalarga ham faqat niqob taqqan holda, qo’llarni sovun bilan yuvib, antiseptik vosita bilan dezinfektsiya qilinganidan so’ng kiritilmoqda.

Fabrika direktorining umumiy masalalar bo’yicha o’rinbosari boshchiligida Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi, Yoshlar masalalari bo’yicha direktor yordamchisi, MM va XT bo’limi boshlig’i, tibbiyot bo’limi mas’ul shifokori va hamshiralari, Xo’jalik bo’limi boshlig’idan iborat ishchi guruh har kuni barcha qo’l yuvish joylarida dezinfektsiya anjomlari mavjudligi, oshxona, ish taqsimlash xonalari, operatorlik punktlari, uuman barcha odam to’planuvchi joylar dezinfektsiya qilinishi va tozalikka rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatgan.

Ish vaqti davomida ishchilarning niqoblari mavjudligi, bir joyga to’planmasligi va antiseptik vositalar bilan qo’llarining dezinfektsiya qilinayotganligini nazorat qilish bilan birga ishchi xodimlarga tushuntirish ishlarnini olib bormoqda.

Ulug’bek Alimov,

MBF direktorining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech