http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Transport xizmati yanada yaxshilanadi

on .

Xabaringiz bor, karantin joriy etilishi munosabati bilan shahrimizda jamoatchilik transporti harakatiga cheklov o’rnatildi. “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tomonidan sharoitdan kelib chiqqan holda kombinat ishchi-xodimlarining ishga borib kelishini ta’minlash uchun avtobuslar ajratildi. Tasdiqlangan jadval asosida Avtomobil transporti boshqarmasi tomonidan 29ta yo’nalish tashkil etilib, shuning 12tasi shahar ichida kombinat ishchilariga xizmat ko’rsatib kelmoqda.  19ta yo’nalishda esa kombinatning shahardan tashqari boshqa ob’yektlariga ishchilarni ish joylariga yetkazmoqda.

ATB boshlig’i Sobir Alimovning ma’lumotiga ko’ra, ishchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, kombinat rahbariyati tashabbusi bilan 5ta yangi “Isuzu” avtobuslari xarid qilindi. Ushbu avtobuslar 18 aprel kuni 3-avtokorxonaga keltirilib, yangi avtobuslar 20 apreldan boshlab ishchilarga xizmat ko’rsatishni boshlaydi. “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining transport va logistika masalalari bo’yicha maslahatchisi Rustam Sanaqulov yangi avtobuslarning haydovchilari bilan uchrashib, yangi avtoulovlarda ishchilarga sifatli xizmat ko’rsatish lozimligini ta’kidlab, ularga oq yo’l tiladi.

Karantin sharoitida kombinat ishchi-xodimlariga sifatli transport xizmatini ko’rsatish maqsadida yana qo’shimcha tarzda avtobuslar ham ijaraga olinishi ko’zda tutilgan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech