http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Tomorqa - daromad manbai

on .

Xabaringiz bor, 2020 yil 16 aprel kuni “Olmaliq KMK» AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning “Dehqon xo’jaliklari va tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 00444-sonli  buyrug’i qabul qilindi. Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash borasida amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

“Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmati “OKMK TV” korporativ telekanali operatori Saidkamol Egamberdiyev ham ishdan bo’sh paytlari o’z hovlisida dehqonchilik bilan shug’ullanib keladi. To’g’rida kundalik ehtiyoj uchun zarur bo’lgan sabzavotlar o’zingdan chiqqaniga nima yetsin? Hamkasbimiz otasi G’ayrat aka bilan 2 sotix yer maydonida mo’jazgina issiqxona tashkil etgan. Hozirgi kunda ushbu issiqxonada 20 tup limon ko’chati parvarish qilinmoqda. O’tgan yili ekilgan “Mayer” navli limon ko’chatlarini parvarish qilishda o’ziga xos jihatlari bor.  Har qarich yerdan unumli foydalanadigan xalqmiz.

Dehqonchilik sirlarini puxta o’zlashtirgan G’ayrat aka ham limon ko’chatlari orasidagi bo’sh yerlardan ham samarali foydalanishga qaror qildi. Va bo’sh yerlarga bodring urug’larini ekdi. Limonning uchinchi yili hosil berishini hisobga oladigan bo’lsak, baribir limon ekilgan jo’yaklarning orasida ancha yer qolib ketishi tayin.

Bundan tashqari, hamkasbimiz oshko’klarni ham bozordan xarid qilmaydi. Sababi, ikki jo’yak kichkinagina issiqxonada kashnich, ukrop hamda ko’kpiyoz kabi oshko’klar ham yetishtirmoqda.

Kombinat korxonalarida mehnat qilayotgan ishchilar orasida hamkasbimiz Saidkamol kabi o’z tomorqasidan samarali foydalanayotganlar bisyor. Aziz hamshaharlar sizlar ham o’z tomorqangizdan foydalanib, dasturxoningiz to’kinligini ta’minlang.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech