http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Karantin sharoitida ham ishlab chiqarish sur’ati yuqori

on .

“Olmaliq KMK” AJ Shaxtaqurilish boshqarmasida ham koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mehnat jamoasida kuchaytirilgan karantin chora-tadbirlari joriy etilib, ishchilarning salomatligini saqlash, epidemiologik vaziyatni barqarorligini ta’minlash uchun shtab tashkil etildi. Shtab tomonidan ishchilar o’rtasida koronavirus va havo tomchi infeksiyalarining tarqalishini oldini olish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra, boshqa shahar va tumanlardan kelib ishlovchi ishchilar navbatdan tashqari mehnat ta’tillariga chiqarildi. Barcha ishchi-xodimlari tibbiy niqoblar bilan ta’minlanib, mehnat jamoasida niqob rejimiga amal qilish qat’iy nazoratga olindi. Tibbiy punkt pirometr bilan ta’minlanib, har kuni ishga kelayotgan ishchilarning tana haroratlari o’lchanib, tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda va ishga qo’yilayapti. Koronavirus infeksiyasi profilaktikasi bo’yicha ishchilar o’rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda va turli xil bannerlar ham o’rnatildi.

Bundan tashqari, ishchilarning qo’lini sovunlab yuvishi va antiseptik vositalaridan foydalanishlari uchun qo’shimcha nuqtalar tashkil etildi. Ishchilarning karantin qoidalariga rioya qilishlarini nazorat etish uchun muhandis-texnik xodimlar o’rtasida navbatchilik jadvali tasdiqlandi. Har kuni ma’muriy va maishiy bino hamda ishlab chiqarish ob’ektlarida muntazam dezinfeksiya ishlari olib borilayapti. Karantin joriy etilishi munosabati bilan mehnat jamoasida barcha ommaviy sport, madaniy, o’quv ishlab chiqarish tadbirlari bekor qilindi. Ishchilar oshxonasida esa navbatga turganda masofani saqlash bo’yicha belgilar o’rnatildi.

Mehnat jamoamiz karantin sharoiti bo’lishiga qaramay, belgilangan vazifalarni bajarish uchun astoydil harakat qilishmoqda. 2020 yilning yanvar-mart holatiga ko’ra, tog’-kapital ishlari bo’yicha 285,2 pogonometrlik ish bajarilgan. 170 pogonometr tog’ tayyorlov ishlari amalga oshirilib, reja 173,5%ga uddalangan.

Tog’ o’tish ishlari bo’yicha reja 114,1%ga bajarilib, 455,2 pogonometrlik ish amalga oshirilgan.

Zokir Abdullayev,

Shaxtaqurilish boshqarmasi boshlig’i

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech