http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Tomorqa qo’shimcha daromad manbai

on .

Sir emas ayni paytda yurtimizda qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish ishlari qizg’in pallaga kirgan.  Bugungi kunda tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi bandligi va qo’shimcha daromad manbalarining omili desak mubolag’a bo’lmaydi.

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining buyrug’i asosida kombinat ishchi-xodimlarining o’z tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o’rganilmoqda. Ijodiy guruhimiz hamda ishchi guruh a’zolari bugun bir necha kombinat ishchilarining xonadonlarida bo’lishdi.

Dastlabki manzilimiz, Ohangaron tumani Sarijayloq ko’chasida yashovchi MTMZ  ishchisi Abulahad Abdujabbarovning xonadoni bo’ldi. Ushbu oila 5 sotix yer maydonida  dehqonchilik qilib kelmoqda.

-Tomorqamizga kartoshkaning ertangi va kechik navini ekib kelayapmiz, deydi oila boshlig’i. - Bundan tashqari,  ro’zg’or uchun  pomidor, bodring, baqlajon,  bulg’or qalampiri va turli xil oshko’klarni ham ekkanmiz. 

Nabiralarimiz va farzandlarim qulupnayni juda yaxshi ko’radi. Ushbu rezavor o’simlikni ham tomoraqamizga ekkanmiz. Shuningdek, mo’jazgina bog’imiz ham bor. Bog’da olma, shaftoli, olxo’ri, anor kabi daraxt ko’chatlari bor.  Tomorqadan chiqqan mahsulotlarni nafaqat o’zimiz iste’mol qilamiz, balki qo’shnilarga ham ilinamiz. Ortganini esa bozorga ham olib chiqamiz. Yana ishkomlarda uzum ko’chatlari ham gurkiramoqda. Bir so’z bilan aytganda har bir qarich yerdan unumli foydalanishga harakat qilayapmiz. Bundan o’zgacha bir zavq oladi odam.

Ushbu xonadondan bir olam taassurotlar bilan chiqar ekanmiz, sal yurib, IMICHB nasos stansiyasi mashinisti Sherali Umarovning xonadoniga tashrif buyurdik. Sherali aka umr yo’ldoshi  Zulxumor aya bilan tomorqaga kartoshka ekishni avvaldanoq rejalashtirishgan ekan. Ushbu oila tomorqasida kartoshkadan tashqari pomidor, bodring, piyoz va oshko’klar ham albatta ekilgan.  Umarovlar oilasi chorvachilik bilan ham shug’ullanib kelar ekan. Chorva mollari uchun  ozuqa sifatida esa makkajo’xori ekilgan. Tomorqada shuningdek bog’ tashkil etilgan bo’lib, bog’da gilos, o’rik, shaftoli va olma ko’chatlaridan har mavsumda shirindan shakar mevalar olinadi.  

Monitoring davomida yana bir necha kombinat ishchilarining xonadonlarida bo’ldik. Har bir xonadon egasi iloji boricha har bir qarich yerdan unumli foydalanishga harakat qilmoqda.

Aziz hamshaharlar, siz ham o’z tomorqangizdan samarli foydalaning!

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech