http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Kimyoviy himoya uchastkasining mahsulotlari

on .

Bu mahsulotlarning sifat jihatidan talabgirligi oshirilishi bilan bir qatorda ularning assortimentini yangilab borishga bugun asosiy e’tibor qaratilgan.

Pakovkalar, elektr shlakli quyish quymalari, nostandart metall qurilmalarni tayyorlash, detallarni payvandlash va payvand-eritish uslubida ta’mirlash, metall mahsulotlari va quymalarni gummirlashga mo’ljallangan Temirchilik-payvandlash sexi Markaziy ta’mir mexanika zavodining eng keksa va istiqbolli uchastkalaridan biri hisoblanadi.

Tayyorlov, temirchilik-presslash, nostandart uskunalar va metall qurilmalarni tayyorlash, spirallar va klassifikatorlarni ta’mirlash, payvandlash va payvand-eritish uchastkalari qatoriga 2014 yilda “Tog’-konchilik uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi asosida” yangi yillik quvvati 700 tonna qo’yilmalarni tashkil etuvchi elektr shlakli quyish uchastkasining qo’shilishi sex hayotida keskin burilish yasadi.

O’zining noan’anaviy, talabgir mahsulotlari bilan buyurtmachilar ishonchini qozongan kimyoviy himoya uchastkasi bugunga kelib mazkur sexning eng muhim ishlab chiqarish bo’g’inlaridan biriga aylangan. Joriy yilda uchastkaga vertikal termoplast avtomati va XLB pressining montaji yakunlanib ishga tushirilishi hamda yangi gazifikatsiyalangan modelda quyish bo’linmasining tashkil etilishi uchastka ishlab chiqarish quvvatlari oshishi bilan birga yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lida yangi ufqlarni ham ochdi.

MTMZning eng tajribali muhandis-texnik xodimlaridan biri bo’lgan Mahmud Samadov rahbarlik qilib kelayotgan mazkur uchastkada ishlab chiqarish jarayonlari xom ashyolarni qabul qilish va rezina mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlarini aniqlash maqsadida tahlillar o’tkazilishi bilan boshlanadi. Tahlillar davomida xom ashyo materiallarining mustahkamligi va qattiqligi aniqlab olinishiga e’tibor qaratiladi. Rezinaning sifat ko’rsatkichlari tasdiqlab berilganidan so’ng, u PD-1530 modelli uzatmali ikki valli valьtslarga uzatiladi. Valtslar yordamida kerakli o’lchamlarga valtslanadi (2 mm.dan 30 mm.gacha). Keyin rezina chet qirralari rostlanadi va 250 600, P-1250, P-5041 press markali vulkanizatsiyali gidravlik presslarga uzatiladi.

Press-formada rezina xom ashyosining qatlanishi amalga oshiriladi, presslanganidan so’ng, rezina avtoklavga yuboriladi (vulkanizatsiya qozoni), press-formalarda 170-180°S haroratda rezina xom ashyosining vulkanizatsiyalanishi amalga oshiriladi. Qizdirilish-pishitilishdan so’ng, press-forma presslantirilishdan chiqariladi va kombinat ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqlikdagi rezina mahsuloti hosil bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlari bosqichlariga jami 11 ta texnologik uskuna va jihozlar safarbar etiladi. 

Uchastka jamoasi tomonidan oyiga 13 tonnadan ziyod rezina-texnika mahsulotlari - kombinat korxonalaridagi texnologik uskuna va jihozlarning butlovchi, ehtiyot qismlari sifatida tayyorlab borilishiga erishilmoqda. DU-150, DU-300, DU-200 siqib turuvchi klapanlar, statorlar va RIF-45 hamda RIF-25 flotatsiya qurilmalari uchun impellerlar doimiy nomenklaturadagi mahsulotlar sirasiga kiradi. Bundan tashqari, P5041 modelli press-formalarda sharli tegirmonlar zirh qoplamalarining keng o’lchamli lifterlari, barabanlar plitalari, tortslar plitalari, segmentlar vulkanizatsiyalanadi. SHuningdek, shprits-mashina yordamida chiqarilayotgan 6 mm.dan 60 mm.gacha bo’lgan zarur profillardagi rezina tasma(jgut)larga ham talab yuqori.

Uchastka gummirlovchilari brigadasi yetakchisi Isroil Usmonov ishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlarini muvofiqlashtirib borish, uskuna va jihozlardan samaradorlikda foydalanishda uchastka rahbarining eng yaqin ko’makchilaridan. Baxtiyor Azizxo’jayev, Abdullajon Abduvahobov, Abdunazir Aynaboyev, Erxon Parpiyev, Nurali Abdumalikov kabi gummirlovchilar o’z vazifalarida yuqori ko’rsatkichlarga erishib kelishmoqda. Xom ashyolarni jarayonlar bosqichlariga yetkazib berish, tayyor mahsulotlarni olib chiqish va mahsulotlar omboriga joylashtirishda avtoyuklagich haydovchisi Dilshod Pitirovning o’rni alohida bo’lmoqda. Uchastkaning yangi gazifikatsiyalangan modelda quyish bo’linmasi gummirlovchisi Oxunjon Bakirov yangi mahsulotlarning dastlabki andoza shakllari sifat standartlari talablariga muvofiq bo’lishini ta’minlab borayapti. Joriy yilda MTMZ tomonidan 30 xil nomdan ziyod mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish rejaga kiritilgan bo’lsa, ana shu mahsulotlarning asosiy qismlarini Kimyoviy himoya uchastkasida tayyorlash, quyilgan mahsulotlarga rezinali zirh qoplamalarni quyish ko’zda tutilgan.

Hasan ABDULLAYEV,

muxbir

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech