http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Harakatlar xavfsizligini ta’minlab

on .

Temir yo’llar ko’p tarmoqli soha. Ayniqsa, tashilayotgan xo’jalik va sanoat yuklarining xavfsizligini ta’minlash mazkur soha faoliyatining asosini tashkil qiladi. 242,64 km uzunlikdagi temir yo’llar, 500 ga yaqin yoyli o’tkazgichlar, 3dan ziyod chorraha va sun’iy inshootlarga xizmat ko’rsatib kelayotgan “Olmaliq KMK” AJ Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi 4-Temiryo’l sexida barcha ishlar yuqori darajada mexanizatsiyalashgan.

Rostlash-rixtalash mashinalari, o’lchov texnikalari, zvenolarni yotqizish kranlari va zveno yig’ish bazalari faoliyati bugunga kelib ishonchli qo’llarga topshirilgan. Temiryo’l o’tkazgichlari navbatchisi Mustafo Holiqulov 4-TYTSning eng keksa faxriy ishchi-xodimlaridan biri. O’zining o’ttiz yetti yillik mehnat faoliyati davomida barcha ish uchastkalaridagi temir yo’l mexanizatsiya vositalarida samarali mehnat qildi. Qalmoqqir konidan Mis boyitish fabrikasiga yo’l olgan rudalar ortilgan dumpkarlar, xo’jalik yuklari yuklangan parovozlarning harakatlari aynan uning kuzatuvi ostida muvofiqlashtirilib boriladi. 4-TYTS va “Mednaya” stansiyasi chorrahasida Mustafo Holiqulovning navbatchiligi davomida transport vositalari harakati kutilganidek kechishiga sex rahbariyati ishonadi.

Temiryo’l chorrahalari yuklarni tashish jarayonlari ishtirokchilaridan alohida ehtiyotkorlik, qat’iy intizom va talabchanlikni talab qiladi. Nazoratga olingan chorraha  avtomatlashtirilgan svetofor va ogohlantiruv signalizatsiya vositalari hamda avtomatlashtirilgan shlagbaumlar bilan jihozlangan. Shlagbaumni o’z vaqtida berkitgan va ochgan holda barcha transport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini ta’minlash bilan bir qatorda o’ziga biriktirilgan temiryo’l inshootlarini talab darajasida saqlab borayotgan Mustafo Holiqulovning o’nlab shogirdlari bugungi kunda temiryo’l sohasining mas’ul uchastkalarida mehnat qilib kelishmoqda.

Hasan ABDULLAYEV,

muxbir

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech