http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Jo’shqin yoshlik jilvalari

on .

Koreys tilidagi Txekvondo...Txe-tepmoq, kvon-musht, do-yo’l. Bu parchalarni birlashtirsangiz taekvan-do jang san’atining nomi kelib chiqadi. Taekvan-dochilar egnidagi kimono rangining oqligi qalb pokligining ramzidir.

Mazkur sport turining o’ziga xosligi shundaki, bunda oyoqlar va undagi quvvat muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun dunyoda millionlab yoshlar sportning mana shu turi bilan muntazam shug’ullanib kelishmoqda. O’ttizdan oshiq turli toifadagi musobaqalar ishtirokchisi va sovrindori Muazzam Abuvaidova 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar fidokori” esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Yosh qahramonimiz hozirda kombinat Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmatida o’z faoliyatini olib bormoqda. 15 yildan buyon taekvon-do jang san’ati bilan shug’ullanib kelayotgan Muazzam o’z muvaffaqiyatlari ortida marhum ustozi Jasur Ismoilov, Doniyor Karimov va Luiza Davidovalarning beqiyos hissasi borligini doimo e’tirof etadi.

- Sportning menga bergan yutuqlarini bir zanjir deb olsam, mana shu zanjirning eng katta xalqasi bu kombinat Yoshlar ittifoqi tomonidan berilgan “Yoshlar fidokori” esdalik ko’krak nishoni bo’ldi, deb baralla ayta olaman. Bunday rag’bat, bunday e’tirof qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar har bir insonni to’lqinlantirishi tabiiy. Turmush o’rtog’im ham, men ham kombinat IHQXda hamnafaslikda faoliyat olib borar ekanmiz, eng avvalo shuni ayta olamanki, ikki o’g’il farzandning tarbiyachisi sifatida kelgusida ularni mamlakat manfaatlari uchun xizmat qiladigan farzandlar qilib tarbiyalashga so’z beramiz. Sportda erishgan zafarlarimiz kombinat nufuzi uchun xizmat qilsa, yangi-yangi marralar sari muvaffaqiyat bilan qadam tashlashga jahd bilan intilamiz, albatta, - deydi biz bilan suhbatda “Yoshlar fidokori” esdalik ko’krak nishoni sohibasi Muazzam Abduvaidova.

“Sportdagi har bir mag’lubiyat ikkita yangi g’alaba demakdir”... Mana shu aqidaga amal qilib, medallar shodasini ko’paytirib kelayotgan qahramonimizga orzular parvozini tilab qolamiz.

Dilafro’z EGAMBERDIYEVA,

Muxbir

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech