A- A A+

Yangiliklar

Murojaatlar to’g’risida tahliliy axborot

on .

“Olmaliq KMK” AJning ijro apparati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan 2020 yilning 1-yarim yilligi davomida 799 ta yozma, 256 ta og’zaki, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 342 ta, jami 1397 ta murojaat qabul qilingan.

Kelib tushgan murojaatlarning 647 tasi – mehnat munosabatlari, 423 tasi – moddiy yordam ajratish, kommunal xizmat ko’rsatish, xizmat turar joyi ajratish va boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar, 29 tasi – shikoyatlar, 56 tasi - takliflar va 242 tasi esa boshqa masalalar bilan bog’liq bo’lgan.

2020 yilning boshidan buyon bir necha marotaba ko’p ko’tarilayotgan masalalar va takroriy murojaatlar bo’yicha tahlil o’tkazilgan hamda murojaatlar bilan ishlashni tashkil etish bo’yicha tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berilgan.

“Olmaliq KMK” AJ murojaatlar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlar tomonidan yil boshidan buyon “Olmaliq KMK” AJda murojaatlar bilan ishlash holatlari bo’yicha o’rganishlar amalga oshirilgan. O’rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar hamda joylarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan har oyning yakuni bo'yicha Boshqaruv raisiga axborot kiritib boriladi.    

Kelib tushayotgan murojaatlarning ko’p qismi ishga kirish masalalari bilan bog’liq bo’lganligi sababli Olmaliq shahar hokimligi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu masalalar yechimini topishda amaliy yordam ko’rsatish to’g’risida tegishli tavsiyalar yuborilgan.

Yuqorida ko’rsatilganidek, ishga kirish bilan bog’liq murojaatlar kelib chiqishining asosiy sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish, hududdagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bandligini ta’minlash hamda shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun Olmaliq shahar hokimligi va shahardagi tegishli mutasaddi rahbarlar, xususan, mehnat birjasi bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Barcha tarkibiy bo’linmalarda rahbar qabullarining tashkil etilishi, birinchi rahbarning shaxsan ishtirok etishi, murojaatlarning belgilangan muddatda va qonun doirasida ko’rib chiqilishi xizmat mas’ul xodimlari tomonidan nazorat qilib boriladi.

Ko’p takrorlanadigan murojaatlarga, hususan kombinatga ishga kirish yuzasidan bo’ladigan masalalarga og’zaki ravishda va OAV orqali “Olmaliq KMK” AJga ishga kirish tartibi, bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumotlarni berish hamda tegishli tushuntirish ishlarini olib borish tizimi yo’lga qo’yilgan.

 

Shuningdek, qo’shimcha ravishda ma’lum qilamizki, “Olmaliq KMK” AJ qoshida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish qabulxonasi faoliyat yuritayotgan bo’lib, har kuni soat 8-00 dan 11-00 gacha fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan savol va murojaatlaringiz bilan murojaat qilishlari mumkin.

   Quddusxon Ismoilov,

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini nazorat qilish va

muvofiqlashtirish xizmati etakchi mutaxassisi – xizmat boshlig’i

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech