A- A A+

Yangiliklar

OKMK: birinchi yarim yillik yakunlari sarhisobi

on .

Yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin cheklovlariga qaramay, kombinat mehnat jamoasi tomonidan 2020 yilning birinchi yarim yilligida belgilangan rejalar yorug’ yuz bilan ado etildi.

Xususan, amaldagi narxlarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 106,6%ga uddalagan. Solishtirma narxlarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish vazifasi esa 101,0%ga bajarilib, o’sish sur’ati 105,3%ni tashkil etgan.

Ishlab chiqarish zanjirining boshlang’ich nuqtasi bo’lgan Qalmoqqir konidan ruda qazib olish rejasi 100,6%ga uddalanib, o’sish sur’ati 103,7%ga, ustki qatlam rejasi esa 110,0%ga bajarilib, o’sish sur’ati 102,3%ga yetkazildi.

Mis xom ashyosini qayta ishlash bo’yicha umumiy reja 100,5%ga, o’sish sur’ati 103,4%ga uddalanib, shundan Mis boyitish fabrikasi 100,5%lik, 2-Mis boyitish fabrikasi esa 100,9%lik natija qayd etgan. Ularning o’sish sur’ati mos ravishda 103,7% va 100,8%ni tashkil etgan.

Konsentratda mis metalli umumiy rejasi 103,6%ga bajarilgan va o’sish sur’ati 107,2%ni tashkil etgan holda, shundan Mis boyitish fabrikasi 102,3%lik(o’sish sur’ati 106,8%), 2-Mis boyitish fabrikasi esa 110,2%lik (o’sish sur’ati 109,2%) natija qayd etgan.

Birinchi yarim yillikda mis katodi bo’yicha reja ko’rsatkichi 101,6%ga ado etilib, o’sish sur’ati 101,9%ga yetkazilgan. O’z xom ashyomizdan ishlab chiqarish rejasi 105,8%ga bajarilgan va o’sish sur’ati 115,7% bo’lgan.

Jahon bozorida yildan yil talab ortib borayotgan rux metalli ishlab chiqarish bo’yicha reja ham yaxshi uddalanmoqda. O’zimizning xom ashyodan rux metallini olish bo’yicha vazifa 103,6%ga bajarilgan, o’sish sur’ati esa 101,5%ni tashkil etgan.

Surxondaryo viloyatida joylashgan Xonjiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham o’zlariga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni ortig’i bilan bajarib kelmoqda. Jumladan, polimetall ruda qazib olish rejasi 105,6%ga (o’sish sur’ati 110,6%), polimetall rudani qayta ishlash rejasi 104,4% (o’sish sur’ati 113,6%)ga, rux konsentratida rux rejasi 135,7%(o’sish sur’ati 129,2%)ga bajarilishiga erishilgan.

Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan o’tgan olti oy davomida qayd etilgan ishlab chiqarish nayijalari ham tahsinga loyiq. Kon boshqarmasi oltin tarkibli rudani qazib olish rejasini 106,0%ga(o’sish sur’ati 104,6%), rudani qayta ishlash rejasini 105,1%ga (o’sish sur’ati 103,1%), konsentratda metall rejasi bo’yicha birinchi metall rejasini 102,3%(o’sish sur’ati 101,3%), ikkinchi metall rejasini 155,6%ga(o’sish sur’ati 108,1%)ga uddalagan.

Namangan viloyatida joylashgan Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham birinchi yarim yillikda salmoqli natijalar qayd etishdi. Jumladan, oltin tarkibli rudani qazib olish rejasi 107,4%ga(o’sish sur’ati 100,5%), rudani qayta ishlash rejasi 100,1%ga(o’sish sur’ati 100,1%), konsentratda metall rejasi bo’yicha birinchi metall rejasi 103,5%(o’sish sur’ati 101,5%), ikkinchi metall rejasi 137,0% (o’sish sur’ati 89,0%) ga bajarilgan.

Kovuldi koni mehnat jamoasi ishlab chiqarish sur’atlarini tushirmagan holda o’tgan davrda oltin tarkibli rudani qazib olish bo’yicha 106,8%, rudani qayta ishlash bo’yicha esa 103,9% natija qayd etishgan. Konsentratda metall rejasi bo’yicha birinchi metall rejasi 104,8%ga, ikkinchi metall rejasi 105,%ga uddalangan.

Mis kuporosi ishlab chiqarish rejasi 102,0%ga, emallangan mis sim ishlab chiqarish rejasi 100%ga uddalanib, o’sish sur’ati mos ravishda 109,9%ga va 109,5%ga yetkazilgan.

Mis quvurlarini ishlab chiqarish rejasi 114,0%ga bajarilgani va o’sish sur’ati 120,9%ga yetkazilganini alohida e’tirof etish zarur.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech