Yangiliklar

Vaziyatga doir ko’rsatmalar

on .

Joriy yilning 1 iyulidan buyon mamlakatimizda epidemiologik vaziyatning keskin chuqurlashishi munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlari o’rtasida koronavirus kasalligidan zararlanishning oldini olish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ va “SFI Management Group” rahbariyati o’z tavsifnomasini korxona va tashkilotlar rahbarlariga yubordi.

Respublika maxsus komissiyasining tavsiyanomalariga asosan barcha ehtiyot choralarini kuchaytirish, ob’ektlarga tashrif buyuruvchilar ustidan nazoratni qat’iylashtirish, tegishli harorat o’lchash va antiseptik vositalar bilan ishlovdan o’tkazilmasdan turib, shuningdek shaxsiy himoya niqobisiz ularni ichkariga kiritilishiga barham berish, barcha korxona va tashkilotlarni kasallikning birinchi belgilarini ko’rsatib beruvchi boshlang’ich nazorat moslamalari, shaxsiy gigiena va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ta’minlash vazifasi qo’yilmoqda. Ishchi-xodimlar va tashrif buyuruvchilarni umumiy o’tkazish joylariga dezinfeksiyalovchi tunellarni o’rnatish, ish joylari, avtomobillar va boshqa texnikalarni ishdan tashqari vaqtlarda majburiy tarzda dezinfeksiyalashga e’tiborni qaratish ko’rsatilgan. Bundan tashqari, jiddiy va asosli zaruratlarsiz xodimlarni xorij xizmat safarlariga jo’natmaslik, bayonnomali uchrashuvlar, shu jumladan, xorijlik mehmonlarni qabul qilish bilan bog’liq tadbirlarni tashkil etmaslik taklif etilmoqda. Vaziyat barqarorlashgunga qadar ommaviy tadbirlar, xususan, madaniy-ko’ngilochar tadbirlar o’tkazishni ta’qiqlanayotgani hujjatda yana bir karra eslatib o’tilgan.

Kasallik alomatlari yuz ko’rsatgan vaziyatlarda zudlik bilan malakali tibbiy tekshiruvlarni tashkillashtirish zarurligi ta’kidlangan. Ishchi-xodimlar va aholi o’rtasida vahimalarning oldini olish korxonalar barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida targ’ibot-tushuntirish ishlariga urg’u berish lozimligi ko’rsatilmoqda. Ko’rilgan choralar, qayd etilgan muammolar yuzasidan mas’ul komissiya va mutaxassislarga xabar berish vazifasi barcha rahbarlar zimmasiga yuklatildi.

Shu orinda kombinat ishchi-xodimlari ozida kasallik alomatlarini sezgan vaqtda birinchi navbatda ish joyini tark etmagan holda oz korxonasidagi dispetcherlik xizmatiga yoki 78-141-93-02 telefon raqami orqali Call-centerga ahvoli haqida murojaat qilishi soraladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech