http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Koronavirus infeksiyasi profilaktikasi

on .

Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida, Angren quvur zavodida hamda Neft mahsulotlari ta’minoti boshqarmasida koronavirusga qarshi barcha chora tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda.

Jumladan, korxona hududiga kirayotgan har bir shaxsning tana harorati o’lchanib, qo’llari dezinfeksiya qilinib keyin ish joyiga kiritilmoqda. Ishchilar oshxonalarga ham faqat niqob taqqan holda, qo’llarni sovun bilan yuvib, antiseptik vosita bilan dezinfeksiya qilinganidan so’ng kiritilmoqda.

Ma’sul ishchi guruh har kuni barcha qo’l yuvish joylarida dezinfeksiya anjomlari mavjudligi, oshxona, ish taqsimlash xonalari, operatorlik punktlari, umuman barcha joylarda dezinfeksiya qilinishni va tozalikka rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatgan.

Ish vaqti davomida ishchilarning niqoblari mavjudligi, bir joyga to’planmasligi va antiseptik vositalar bilan qo’llarining dezinfeksiya qilinayotganligini nazorat qilish bilan birga ishchi xodimlarga tushuntirish ishlarnini olib bormoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech