Yangiliklar

STTB: profilaktik chora-tadbilar

on .

Barchamizga ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasining qarorida ko’ra joriy yil 10 iyuldan 1 avgustga qadar Respublika miqyosida qat’iy karantin cheklovlari joriy etildi.

Jumladan, “Olmaliq KMK” AJning Sanoat temir yo’l transport boshqarmasida ham ushbu infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida ishchilarni zararlanishiga qarshi tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

11-12 iyul kunlari STTB da Maxsus Komissiya tomonidan navbatdagi reyd uyushtirilib, ishchi-xodimlar bilan suhbatlar o’tkazildi, koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish va kasallikning profilaktikasiga oid ma’lumotlar berib o’tildi.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, har kuni ishxonaga kiritishdan oldin ishchi-xodimlarining tana haroratini kontaktsiz pirometr yordamida o’lchanib, qo’llar antiseptiklar bilan ishlov berilib, tibbiyot hamshirasining ko’rigidan o’tadi va albatta niqobsiz kiritilmaydi.

Bundan tashqari Sanoat temir yo’l boshqamasiga qarashli barcha sexlarida, oshxonalarida dezinfeksiya ishlari muntazam olib borilmoqda. Shuningdek, piyodalar uchun kirish joylarida “dezinfeksion to’shama”lar tashkil etilgan.

Shu bilan birga ish jarayonida doimiy ravishda 2 metr masofani saqlagan holda himoya niqobi bilan yurishlari va antiseptik vositalaridan  tez-tez foydalanib turishlari, karantin qoidalariga  qat’iy amal qilishlari kommisiya tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech