A- A A+

Yangiliklar

Huquqiy bilimlar ham e’tiborda

on .

Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.

Sanoat xavfsizligi esa - shaxs va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir. Har qanday ishlab chiqarish va sanoat korxonalari mulk shaklidan qat’iy nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi va fuqarolarning sog’ligi hamda mehnati muhofaza qilinishini ta’minlashni asosiy maqsad sifatida belgilab oladi. OKMK Yoshlar ittifoqi va Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’limi tashabbusi bilan “Yoshlar xavfsiz mehnat tarafdori” shiori ostida e’lon qilingan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi oyligida Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati shaxsiy tarkibi a’zolarining mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga oid bilim hamda ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimizda o’rnatilgan qat’iy karantin qoidalariga amal qilgan holda joylarga chiqib tushuntirish targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Targ’ibotlar davomida xodimlarga ob’ektlarga o’tkazish va chiqarish, moddiy-tovar boyliklariga doir hujjatlarni nazorat qilishda karantin talablariga, shu bilan birga shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya etish, o’zining shaxsiy xavfsizligini ta’minlashi lozimligi, postlarda antiseptik va dezinfektsiya vositalarining doimiy zahirasi ta’minlanishi, mehnat muhofazasi qoidalari asosida xizmatni tashkil etish lozimligi tushuntirib borilayapti. Aholi va hududlarni xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni ta’minlash korxonalar rahbariyati va aholini sanoat xavfsizligining holati to’g’risida xabardor etish, avariya-qutqaruv ishlariga kuchlarni safarbar etish borasidagi vazifalari ham e’tiborda. Nazorat idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilinadigan holatlarda mansabdor shaxslar, fuqarolarga nisbatan qo’llaniladigan intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik borasida huquqiy bilimlar ham nazoratchi xodimlarga yetkazilmoqda.

Inomjon MATMUSAYEV,

IHQX Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech