Yangiliklar

Bilim va ko’nikmalar mustahkamlanmoqda

on .

Ma’lumki, joriy oy Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Yoshlar ittifoqi hamda Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’limi bilan hamkorlikda “Yoshlar xavfsiz mehnat tarafdori” shiori ostida “Yoshlar o’rtasida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzilishini oldini olish oyligi” etib belgilandi.

Texnologik uskunalar va texnologik quvurlarda kapital ta’mir ishlarini olib borish, gaz tozalash va ventilyatsiya qurilmalarini tayyorlash, ishlab chiqarish, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash, kimyoviy himoya ishlari, temir-beton qurilmalari ishlab chiqarish, kapital qurilish boshqarmasi ob’ektlarida qurilish-montaj, kon uskuna va jihozlarini ta’mirlash hamda montaj qilish kabi murakkab yo’nalishlarni qamrab olgan holda faoliyat olib boruvchi Ixtisoslashtirilgan ta’mir ishlari boshqarmasida ushbu masalaga doimo qa’tiy e’tibor qaratib kelinadi. Oylik doirasida mazkur masala yangi mazmun kasb etib, uchastkalardagi mehnat muhofazasi jamoatchilik vakillari bilan e’tiborga molik amaliy uchrashuvlar o’tkazilib, ularning bilim va ko’nikmalari yanada mustahkamlanishiga alohida urg’u berilmoqda. Boshqarma uchastkalari jamoalarining asosini bugunga kunda 400 nafardan ziyod yoshlar tashkil etadi. Shu munosabat bilan kombinat korxonalarida yuz bergan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning atroflicha muhokamasi, joylarda bu kabi holatlarga yo’l qo’ymaslik, mehnat va ish sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilayapti.  “Yoshlar xavfsiz mehnat tarafdori” mavzusidagi videolavha tayyorlanib, ishchi-xodimlarga yo’riqnomalar olish vaqtida namoyish etib borilishi yo’lga qo’yildi hamda boshqarmamiz telegram kanallarida oylik doirasida olib borilayotgan ishlar yoritib borilmoqda.

Oylik doirasida belgilangan tadbirlarning izchil olib borilishi ta’mir-montajchilarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari bajarilishi borasida nazorat va talabchanligini oshirib, ularning bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bobur YO’LDOSHEV,

ITIB Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech