A- A A+

Yangiliklar

“Edelveys” “Ohanglar favvorasi”ni zabt etdi

on .

Mana, uzoq kutilgan IX “Ohanglar favvorasi” (“Fontan melodiy”) Xalqaro bolalar va o’smirlar musiqa san’ati tanlovi o’z yakuniga yetdi.

Joriy yil Novgorod shahrida bo’lib o’tgan yagona bolalar va o’smirlar musiqa san’ati tanlovi to’qqizinchi bor o’z muxlislarini to’pladi va olamshumul natijalar bilan tarix sahifasidan joy oldi. Mazkur tanlov masofadan turib o’tkazildi. Onlayn san’at sahnasi evaziga “Ohanglar favvorasi” o’z chegaralarini yanada kengaytirdi. Bu gal tanlovga O’zbekiston va Isroil davlatlaridan ham yosh san’at iqtidorlari kelib qo’shilishdi.

Hakamlar hay’ati tanlov natijalarini ko’rib chiqib g’oliblarni e’lon qilar ekan, ishtirokchilarning texnik va badiiy salohiyati keskin o’sganini ta’kidlab o’tdi.

Tanlov tashkiliy qo’mitasi san’at jamoalariga ishtiroki uchun o’z minnatdorchiligini bildirib, g’oliblarga elektron shaklda diplomlarni taqdim etdi.

Eng yuqori ballarni to’plagan tanlov g’oliblari 2021 yilda o’tkaziladigan “Qo’hna rus” tanlovida mukofot jamg’armasiga to’lovlarni o’tkazmagan holda ishtirok etish imkoniga ega bo’lishadi. Viborglik vokal guruhidan Anna Aleksandrova, Suoyarvi vokalchisi Alisa Vlasova, Estoniyaning Tallin shahri sharafini himoya qilgan Mariya va Aleksandra Grishakovalar hamda ularning hamshahri Vasilina Normanlarga bu baxt kulib boqdi. Eng quvonchlisi, tanlov kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan OKMK Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi “Metallurg” madaniyat saroyining “Edelveys” xalq raqslari jamoasi g’oliblar safidan o’rin oldi. 

“Rusich” madaniyat markazi tanlov g’oliblarini samimiy muborakbod etgan holda yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.

“Ohanglar favvorasi” halqaro tanlovi kelgusi yilda ham boy ijodiy dasturga ega bo’lgan vokal va estrada ixlosmandlarini kutib qoladi. Iste’dodli, izlanuvchan san’at fidoiysi Yuliya Koldakova rahbarligidagi “Edelveys” xalq raqslari jamoasini ushbu yutuq bilan barcha kombinat san’at muxlislari nomidan qutlaymiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech