A- A A+

Yangiliklar

Nazorat yanada kuchaytirildi

on .

Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatga va virusga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar Avtomobil transporti boshqarmasida ham yuqori darajada olib borilmoqda. Boshqarma boshlig’ining 2020 yil 9-iyuldagi 10f-sonli farmoyishiga muvofiq boshqarmadagi epidemiologik vaziyatni va karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan.

Ishchi guruh tomonidan har kuni boshqarmaga qarashli avtokorxonalarda har bir ishchi xodimning karantin qoidalariga amal qilishi yuzasidan o’rganishlar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Boshqarma avtokorxonalarining barcha kirish joylariga transport vositalarini dezinfeksiya qilish qurilmalari, ishchi xodimni dezinfektsiya qiluvchi maxsus tunnellar o’rnatilgan va hamshiralar tomonidan barchani tana haroratlari muntazam nazorat qilinmoqda.

Kombinat ishchi xodimlariga xizmat qilayotgan ATB ning avtobuslari ham uzluksiz ravishda dezinfeksiya qilinmoqda. Xalq xizmatiga otlanayotgan avtobus haydovchilari ham kuchaytirilgan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda.

Jasur Tagayev,

ATB boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech