A- A A+

Yangiliklar

OKMK mis quvurlari zavodi eksport salohiyatini yuksaltirmoqda

on .

Dunyodagi og’ir epidemiologik vaziyatga qaramay, OKMK ning eksport salohiyati bosqichma-bosqich yuksalib bormoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining istiqbolli korxonalaridan biri bo’lgan Angren quvur zavodining o’sish sur’atlari bugun 120%ni tashkil etmoqda.

-      Yil boshidan buyon zavod ziimasiga 2500 tonnadan ziyod turli o’lchamlardagi mis quvurlarini ishlab chiqarish va uning 1490 tonnasini  eksport  qilish vazifasi belgilangandi.

-      Amalda esa 2850 tonna mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 2100 tonnadan ortiq mahsulotlar eksportga jo’natildi.

-      Joriy yilning birinchi yarim yilligida Angren quvur zavodi tomonidan 12,3 mln. AQSH dollariga teng mahsulotlar xorijlik hamkorlarga yetkazib berildi.

E’tiborlisi, korxona mahalliylashtirish dasturi asosida mahsulotlar turini ko’paytirishga erishmoqda. Joriy yilda ikki xil yangi misli mahsulotlar, ya’ni kvadrat mis quvuri va mis shtangasini ham ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi. Hozirgi pandemiya davrida davlatimiz tomonidan qisqa muddatda Zangiota va O’rtachirchiq tumanlarida barpo etilgan karantin zonalaridagi kislorod taqsimlash kommunikatsiyalarida ham mazkur zavodning mis quvurlaridan foydalanildi.

Eng muhimi, OKMK tomonidan mahsulotning tashqi va ichki bozorlardagi talab va ehtiyojga mos kelishini ta’minlashga qaratilgan siyosati natijasida ko’plab xorijiy kompaniyalar va mahalliy korxonalar bilan shartnomalar imzolashga erishildi. Korxonaning ichki bozordagi asosiy xaridorlari ARTEL korxonasi va Navoiy kon metallurgiya kombinati  hisoblanadi. Bu yirik korxonalar ilgari xorijdan keltirilayotgan mis quvurlarini endilikda OKMKdan xarid qilishmoqda. Shuningdek, korxona Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Bolgariya, Ukraina, Belarussiya, Qozog’iston kabi davlatlarga ham mahsulotini yetkazib bermoqda.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech