A- A A+

Yangiliklar

Zamonaviy viruslogiya markazi hamshaharlarimiz uchun

on .

Avval xabar berganimizdek, OKMK AJ “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti mehnat jamoasi tomonidan Olmaliq shahar sanitar osoyishtalik epidemiologik markazi qoshida zamonaviy statsionar virusologiya laboratoriyasi barpo etilmoqda.

Trest bosh muhandisi Akmal Abduqodirovning ma’lumot berishicha, kombinat rahbariyati topshirig’i asosida 2020 yil 15 iyul kuni qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Qurilish ishlari 3 smenada tashkil etilgan bo’lib, qurilish ishlari asosan trest ishchi-xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

Dastlab Respublika Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan kelishilgan holda kombinat Loyiha ishlari boshqarmasi tomonidan laboratoriyaning loyihasi tayyorlandi.

Hajmi 12x12 metr bo’lgan mazkur binoda 12ta xona mavjud bo’lib, ayni kunlarda ta’mir ishlarining deyarli 90%i bajarilgan. Bino ventilyatsion tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’mir ishlari boshqarmasi tomonidan butkul yangilangan. Bino xonalariga o’rnatilgan zamonaviy plastik eshik va romlar esa Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan tayyorlangan. Ayni damlarda binoda plitkalarni o’rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Kanalizatsiya, issiq va sovuq suv tizimlari, elektr qismlari ishlari tugatilgan. Tashqi fasad qismi ham ta’mirlanmoqda. Tom qismiga ham zamonaviy qoplama yotqizildi.

Bugun butun dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari doirasida barpo etilayotgan zamonaviy statsionar virusologiya laboratoriyasi shu hafta foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Kombinat mablag’lari hisobiga barpo etilayotgan laboratoriya o’ylaymizki, hamshaharlarimiz sog’ligini asrashda muhim rol o’ynaydi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech