A- A A+

Yangiliklar

Ishchi oshxonalari doimiy nazoratda

on .

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ korxonalari oshxonalarini tekshirish markaziy komissiyasi tomonidan 2-Mis boyitish fabrikasi ishchilariga xizmat ko’rsatayotgan 8-sonli oshxona, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi ishchilariga xizmat ko’rsatib kelayotgan 3-sonli oshxonalari faoliyati o’rganildi.

Pandemiya vaqtida joriy etilgan karantin sharoitida mazkur oshxonalarda dezinfeksiya ishlari qay darajada amalga oshirilayotgani, antiseptik vositalar bilan ta’minlanganligi, ishchilarning ovqatlanish paytida ijtimoiy masofa saqlashi, ovqatlarning sifati komissiya a’zolari tomonidan tekshirildi.

Shuningdek, kombinat investitsion loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi – 3-Mis boyitish fabrikasi ishchilariga yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanishi, maxsus kiyim boshlar bilan ta’minlanganligi komissiya a’zolari e’tiboridan chetda qolmadi. O’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutassadilarga ko’rsatmalar berildi.

Bu kabi o’rganishlar davom etadi.

Dilorom Usanova,

“Olmaliq KMK” AJ korxonalari oshxonalarini tekshirish markaziy komissiya raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech