Yangiliklar

Profilaktik chora-tadbirlar muntazam olib borilmoqda

on .

Kombinatning barcha sex va bo'linmalarida koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlar doirasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chirchiq shahrida joylashgan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida ham bunday ishlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Masalan, korxonaga infeksiya kirib kelishini, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida, ishchilar smenasining boshlanishidan oldin kirishda "kirish filtri" tashkil etilib, xodimning tana haroratini bevosita nazorat qilinib, qo'llarning antiseptik vositalar bilan ishlov berilishi yo'lga qo'yilgan. Bundan tashqari, nazorat punktlarida o'tayotganda ishchi xodimlarning niqob taqib yurishlari, ijtimoiy masofaga rioya qilinishi nazorat qilinadi.

Korxonaning oshxonasida muntazam ravishda sanitariya ishlari olib borilmoqda. Odamlar to'planishiga yo'l qo'ymaslik uchun oshxonada tegishli belgilar mavjud va antiseptik vositalar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, maxsus texnikalar yordamida korxona hududini dezinfeksiya qilish ishlari muntazam olib borilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech