Yangiliklar

Xodimlarni qayta tayyorlash dasturi asosida

on .

Raqamli iqtisodiyot, onlayn konferensiya, masofadan turgan holda ma’lumotlar almashish kabi atamalar hayotimizga chuqur kirib bormoqda. Hozirgi koronavirus pandemiyasi davrida bu kabi aloqa va ish yuritishlar o’zining afzallik tomonlarini yaqqol namoyon etmoqda.

“Olmaliq KMK” AJ O’quv markazi tomonidan ishchi-xodimlar malakasini oshirish o’qitish, qayta tayyorlash borasida onlayn mashg’ulotlarning yo’lga qo’yilgani yaxshi samara bermoqda.

Jumladan, O’quv markazi bilan hamkorlikda Mis eritish zavodida 2020 yil kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturiga asosan, pandemiya sharoitida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asnosida ishchi-xodimlarni individual shaklda 22-dastur “Elektr mashina haydovchisi va yuklovchisi” sohasi bo’yicha qayta tayyorlov kurslari sexlarda shakllantirildi. Oltin va kumushni affinajlash, Havo taqsimlash, Emallangan mis simlari ishlab chiqarish, Sulfat kislotasi va Metallurgiya sexlarining tayyor mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash uchastkasida keng qo’llaniladigan elektr yuklash mashinalari haydovchilari sohasi bo’yicha o’quvlar ishchi-xodimlarda haydovchilik guvohnomasi mavjudligi e’tiborga olingan holda tashkil etildi. Yangi kasbni o’zlashtiruvchilar korxona rahbarining bo’yrug’iga muvofiq tayinlangan sexlardagi tajribali murabbiylarga biriktirilib nazariy va amaliy bilimlar asosida mashg’ulotlar olib borildi. Elektr mashina haydovchisi va yuklovchisi kasbini o’rganuvchilar maxsus tasdiqlangan o’quv dasturiga asosan, tayyorlov davrida Xavfsizlik texnikasi va yong’in xavfsizlik qoidalari, elektr texnikasi bo’yicha tushunchalar, elektr mashina qismlari va ularning vazifasi hamda doimiy texnik xizmat ko’rsatish va yo’l qoidalari va elektr mashina xaydovchisi va yuklovchisining yo’riqnomalari bo’yicha keng qamrovli bilimlarni olishdi. Belgilangan o’quv davri oralig’ida talab etilgan mavzularni o’zlashtirishi va yakuniy imtihonlar natijalariga ko’ra, doimiy kasb malaka komissiyasining xulosasidan so’ng, ishchi-xodimlarga belgilangan nusxadagi kasb tayyorgarligidan o’tganligini tasdiqlovchi hujjatlar topshiriladi.

Elyor RISQULOV,

O’quv markazining MEZ bo’yicha ishlab chiqarish ta’limi ustasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech