Yangiliklar

Aholi murojaatlari e’tiborimizda

on .

Sifatli va kafolatli kommunal xizmatlar ko’rsatish, muhandislik infratuzilma ob’ektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanish borasida “Olmaliq KMK” AJ Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi o’zining namunali faoliyatiga ega, deya olamiz.

Boshqarma negizida 1-,2-,3-ta’mirlash uchastkalari, 2ta yotoqxona, Dispetcher–mexanizatsiya xizmati, Elektr ta’mirlash xizmati, ta’mirlash guruhi hamda Maishiy chiqindilarni qabul qilish va joylashtirish uchastkalari hamda Uy-joylarni hisobga olish va huquqiy masalalar bo’limi faoliyat yuritib kelmoqda.

Boshqarma tasarrufidagi uy-joy fondi, ichimlik va oqova suv, issiq suv va issiqlik energiyasi tizimlarini tubdan rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish, kommunal soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga to’laqonli va sifatli darajada tayyorlash, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash kabi muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. Ko’p qavatli uylarda istiqomat qilib kelayotgan aholiga ko’rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashda samarali tizimni yo’lga qo’yish boshqarmaning eng birlamchi maqsadlarini tashkil etadi.

Aynan aholidan tushayotgan murojaatlar bo’yicha bugun boshqarmasida qanday ishlar olib borilmoqda? Bu va boshqa s avollarga quyida jav ob olasiz.

- Ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, 2020 yil 1 iyul holatiga ko’ra, yil boshidan buyon kommunal soha bo’yicha boshqarmamizga jami bo’lib 242 ta aholi murojaati kelib tushgan. Ushbu raqamlarni o’tgan yillarga qiyoslaydigan bo’lsak, bu sohadagi muammoli murojaatlar soni 257 taga kamayganligini alohida aytib o’tish joiz, - deydi boshqarma shikoyatlar bo’yicha katta inspektori, Doniyor MASIDIQOV.

- Ushbu murojaatlarning 35tasi to’g’ridan-to’g’ri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga yozilgan. 55ta murojaat issiqlik ta’- minotini o’nglash masalalari, 26ta shikoyat maishiy chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish bo’yicha kelib tushgan bo’lsa, oqova suv va ko’p qavatli uylarning yerto’la qismlarini ta’mirlashga oid 21ta, kommunal xizmatlar bo’yicha berilgan to’lovlarni qayta hisoblashga oid 25ta, ko’p qavatli uylarning tom qismlarini ta’mirlashga oid 19 ta, hududlarni yoritishga oid 11ta aholi murojaatlarini qabul qildik. Turar joylar va xonadonlarni ta’mirlash bo’yicha 12 ta, xizmat turar joylarini ajratish masalasi yuzasidan 10t a aholi murojaati kelib tushgan.

Mazkur murojaatlarning 194 tasi qanoatlantirildi va murojaatchilarning haq-huquqlari tiklandi. 12ta murojaat asossiz bo’lganligi uchun rad etildi. 9 tasi ma’lum muddatga kechiktirildi. 1 iyul holatiga ko’ra, 24ta aholi murojaati ijro nazoratida turibdi. Shu o’rinda aholi murojaatlari bilan ishlashda va ularni qanoatlantirishda 1-uchastka boshlig’i v.b. U.Haydarov, muhandis F.Ortiqov, 2-uchastka boshlig’i I.Mu- saev, muhandis T.Makarova, 3-uchastka boshlig’i N.Rasulxonov, muhandis B.Abdullayev kabi ishchi-xodimlarning mehnatini e’tirof etib o’tishimiz lozim, albatta.

Dilafro’z EGAMBERDIYEVA

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech