Yangiliklar

Xayrli amallar bardavom

on .

Har bir ayyom arafasida “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan bir qator ezgu va savobli ishlar amalga oshirib kelinadi.

An’anaga sodiq qolgan holda bu yil ham Qurbon hayiti bayrami arafasida ma’lum bir toifadagi hamshaharlarimizga muruvvat ko’rsatildi. Jumladan, 6 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylariga, 61 nafar mehnat fronti va mehnat faxriylariga, 33ta boquvchisini yo’qotgan oilalarga, 117 nafar ehtiyojmand pensionerlarga, 52 nafar baynalminal jangchilar hamda Chernobil AES halokatini bartaraf etishda ishtirok etganlarga hamda 2 nafar O’zbekiston qahramoni bo’lgan kombinat mehnat faxriylariga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo’lgan jamlanmalar tuhfa etildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech