Yangiliklar

Ulug’ marralar yo’lida

on .

Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi shaksiz, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati konlari va korxonalari bilan hamqadamlikda rivojlanib bordi. Va u o’zining istiqbolli ertasini ham OKMKning yuksalish va rivojlanish dasturlariga uyg’unlikda ko’radi.

“Yoshlik-1”konini o’zlashtirish” hamda “Xom-ashyolarni qayta ishlash bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish”(Qalmoqqir, Sariq-cho’qqi, STTB, ATB, MBF) investitsion dasturlari doirasida so’nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar maqsad sari marralar aniq olinganini amalda isbotini topmoqda. Asosiy vazifasi tog’ jinslarini Kalmoqqirdan Mis boyitish fabrikasi va zahira konlariga eltish hisoblangan STTBning 1-Temir yo’l tsexiga 1954 yilda asos solingan. Sex o’z faoliyatini harakatdagi tarkiblarni ekspluatatsiya qilish, poyezdlar va elektrovozlar harakatlarini tashkil qilish hamda elektrovozlar va dumpkarlarni ta’mirlash deposiga bo’lingan holda olib boradi. Yuklarni xavfsiz tashish uchun 6 ta temir yo’l stantsiyalari mavjud ular orasi avtoblokirovka va yarim avtoblokirovka moslamalari bilan jihozlangan.

-“Qalmoqqir “ konidan qazib olinayotgan tog’ jinslarini boyitish fabrikalari va tashlanma konlariga olib chiqish, tashish kabi vazifalar ijrosini ta’minlash yo’lida 45 ta PE2U (M) tortuv agregatlari hamda 550 ga yaqin 2VS-105 o’zi ag’daruvchi dumpkar vagonlariga egamiz.

Bundan tashqari, sanoat temir yo’l transport parkiga ekspluatatsion xizmatlar ko’rsatish uchun vagon, elektr deposi hamda Lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlarimiz faoliyati yo’lga qo’yilgan, deydi - 1-TYTS boshlig’i Ahror Abdurashidov. - So’nggi yillarda OKMKning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yo’lida investitsion dasturlar ijrosiga dadil kirishildi. Jumladan, “Yoshlik-1”koni ustki qatlamlarini ochish yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Tabiiyki temiryo’l transport vositalariga bo’lgan talab ham ortib borayapti. Buni inobatga olgan holda transport texnologik parkimizni yangilash maqsadida PE-2U tortuv agregatlari va 2VS-105 vagon dumpkarlar olinishi va foydalanishga topshirilishi sex ishlab chiqarish quvvatlari oshishiga xizmat qildi. Shuningdek, mavjud vagon-ta’mir depolarimizni kengaytirish, qayta jihozlash borasida ishlar olib brilmoqda. Kuni kecha Elektr vagon depomizga yuk ko’tarish quvvati 50 tonnani tashkil qiladigan minopali kran o’rnatilib foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, elektrovozlar dvigatel bloklarini almashtirish handaqini qurish ishlari shu kunlarda yakuniga yetkazilmoqda. Temiryo’l transport vositalarini yo’nalishlarga tayyorlash va ularga ekspluatatsion xizmatlarni tashkil qilish borasida Harakatlanuvchi tarkiblar deposi boshlig’i Husniddin Qo’chqarov va lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish punkti temiryo’l ta’mirchilarining mashaqqatli va matonatli mehnatlariga baho berib o’tishim lozim bo’ladi.

Punkt ishlab chiqarish ustasi Zuhriddin Qurbanov mazkur xizmatning Doniyor Karimov, Muhammad Jumaqulov, Artyom Kornienko, Zikirali O’tayev, Husniddin Sharipov kabi ishchi-xodimlar punktga qo’yilayotgan tarkiblarga sifatli joriy xizmat ko’rsatish ishlarini amalga oshirib borishmoqda. Tayyorlov tsexi usta Otabek Sa’dullayev hamda Erali Qo’shboyev va Ma’ruf Zikirilayev kabi tarkiblar ta’mirchilari o’z ish uchastkalarida hamkasblariga o’rnak bo’lib kelishmoqda. Yuk vagonlarning ishchan va sozligini ta’minlashga qaratilgan turli joriy ta’mir ishlari o’tkazib kelinadigan vagon ta’mir punktimizning Po’lat Holiqov, Muzaffar Saparov, Bahodir Alimqulov, Burxon Husanov kabi fidoyi rahbar va ishchi-xodimlarining g’ayrat va tashabbuslari ham tahsinga sazovordir. Elektr deposi ustasi Olim G’ulomov, brigada yetakchisi Denever Xudusov, elektr gaz payvandlovchi Sarvar Usmanov va harakatlanuvchi tarkib ta’-mirchi-chilangari Ravshan Berdiyevlarning mahorati evaziga murakkab elektr ta’mir va qayta tiklash ishlari belgilangan talablar asosida olib borilayapti. Qalmoqqir konidan MBFga, tashlanma konlar yo’nalishida texnologik yuklarni tashishga jalb etilayotgan lokomotiv brigadalarimiz tomonidan qo’lga kiritilayotgan natijalar ishlab chiqarish ko’rsatkichlarimizni belgilab beradi. №223 elektrovoz ekipaji Ilhom O’sarov va Abdumutal Bo’ronovlar tomonidan o’tgan oy ko’rsatkichi 125% ga ortig’i bilan bajarildi. №405 elektrovozni boshqarib boruvchi Rustam Madaliev va Jasur Abdurazaqqovlar ham hisobot oyida yaxshi natijalarga erishishdi.

Elektrovoz mashinisti Alisher Marasulov va uning yordamchsi Mansur Tursunovlar tog’ jinslarini tashish bo’yicha 127% lik natijani qayd etishdi. Bobur Abdurahmanov, Sarvar Soyibov, Jasur Ahrorov Husniddin Xolmatov kabi ishchi-xodimlarimiz ham texnologik yuklarni olib chiqishda hamkasblariga ibrat bo’lishmoqda. O’z kasb bayramlarini yuqori natijalar bilan qarshi olayotgan tseximizning barcha rahbar, mutaxassis va ishchi-xodimlariga matonatli mehnatlari uchun o’z tashakkurimni bildirish bilan birga temir yo’l transporti xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Sharafli kasblari evaziga yurtimiz iqtisodiy qudrati yuksalishiga baholi qudrat hissa qo’shimb kelayotgan xamkasblarimiz oilalariga farovonlik, baxt va omad tilayman.

Qalmoqqir konidan tog’ jins-larini olib chiqish ko’rsatkichi yilning birinchi yarim yilligida 102,8% ga ortig’i bilan bajarilgan bo’lsa, ustki qatlam jinslarini olib chiqish 108,5% ga uddalangani 1-temiryo’llar sexida ishlar yuqori tashkilotchilikda olib borilayotganiga yorqin misol bo’la oladi. Ayniqsa, “Yoshlik-1” koni ustki qatlamlarini tashib chiqarish ko’rsatkichi 147,2% ni tashkil etayotgani sex temiryo’lchilari kombinatning istiqbolli dasturiga yeng shimarib kirishganidan dalolat beradi. Hisobot yilining birinchi yarim yilligida 17 mln 350 ming tonnadan ziyod rudalarni boyitish fabrikasiga eltgan holda 1-temiryo’l tsexi jamoasi o’z kasb bayramini munosib kutib olmoqda.

Hasan ABDULLAYEV,

muxbir

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech