A- A A+

Yangiliklar

Mehnatga munosib rag’bat

on .

Avgust oyining birinchi yakshanbasi - O’zbekiston Respublikasi temiryo’l transporti xodimlari kuni. Ushbu sana munosabati bilan bugun OKMK Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi mehnat jamoasini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Qat’iy karantin qoidalari asosida o’tkazilgan tadbirda kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov ishtirok etib, kombinat temiryo’lchilarini kasb bayramlari bilan muborakbod etdi. Tadbirda OKMK boshqaruvi raisining buyrug’iga ko’ra, STTB sex va bo’linmalarida mehnat qiluvchi 3 nafar xodim III darajali “Konchilik shuhrati” ko’krak nishoni bilan, 7 nafar xodim Faxriy Yorliq bilan, 21 nafar ishchi-xodim qimmatbaho sovg’a bilan taqdirlanishdi.

Bunday e’tibor va rag’batdan ruxlangan 3-temiryo’l sexi boshlig’i, III darajali «Konchilik shuhrati» ko’krak nishoni sohibi Dilshod Narmanov hamda iqtisodchi, Faxriy yorliq sohibasi Alьfiya Minnibayevalar kombinat rahbariyatiga o’z minnatdorchiligini bildirishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech