A- A A+

Yangiliklar

7 oylik ishlab chiqarish ko’rsatkichlari salmoqli

on .

Hozirgi murakkab pandemiya sharoitiga qaramasdan 2020 yilning yanvar-iyul holati bo’yicha “Olmaliq KMK” AJ mehnat jamoasi tomonidan yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichlari qayd etildi.

Jumladan, amaldagi narxlarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 109,%ga bajarilib, solishtirma narxlarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish vazifasi esa 100,9%ga uddalangan holda, o’sish sur’ati 103,5%ni tashkil etgan.

Kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirining bosh nuqtasi bo’lgan “Qalmoqqir” konidan ruda qazib olish rejasi 101,1%ga bajarilgan holda o’sish sur’ati 105,8%ni tashkil etgan.

Ustki qatlam rejasi esa 110,0%ga bajarilib, o’sish sur’ati 102,7%ga yetkazilgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash bo’yicha umumiy reja 101,2%ga, o’sish sur’ati 105%ga bajarilgan, shundan Mis boyitish fabrikasi 101,2%lik va 2-Mis boyitish fabrikasi 100,9%lik natija qayd etgan. Ularning o’sish sur’ati mos ravishda 105,6% va 100,9%ni tashkil etgan.

Konsentratda mis metallining umumiy rejasi bo’yicha 104,5%ga bajarilgan va o’sish sur’ati 108,5%ni tashkil etgan holda, shundan Mis boyitish fabrikasi 103,1%lik(o’sish sur’ati 108,1%), 2-Mis boyitish fabrikasi esa 111,4%lik (o’sish sur’ati 110,7%) natija qayd etgan.

Joriy yilning o’tgan  yetti oyi davomida  mis katodi bo’yicha reja ko’rsatkichi 103,3%ga ado etilib, o’sish sur’ati 103,6%ga yetkazilgan. O’z xom ashyomizdan mis ishlab chiqarish rejasi 110,6%ga bajarilgan va o’sish sur’ati 121,4%ga yetgan.

Jahon bozorida yildan yil talabgir bo’lib borayotgan rux metalli ishlab chiqarish bo’yicha ham reja ko’rsatkichlari salmoqli bo’lib, ushbu yo’nalishda o’sish sur’ati 82,7%ni, o’zimizning xom ashyodan rux metallini olish bo’yicha  o’sish sur’ati 89,3%ni tashkil etmoqda.

Sulfat kislotasi ishlab chiqarish bo’yicha o’sish sur’ati 94,8%ni tashkil etmoqda.

Mamlakatimizning janubidagi Surxondaryo viloyatida joylashgan Xonjiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham o’tgan yetti oy davomida topshiriqlarni ortig’i bilan bajarib kelmoqda. Jumladan, polimetall ruda qazib olish rejasi 105,4%ga (o’sish sur’ati 110,1%), polimetall rudani qayta ishlash rejasi 104,7% (o’sish sur’ati 113,5%)ga, rux konsentratida rux rejasi 135,1%(o’sish sur’ati 127,6%)ga bajarilishiga erishilgan.

Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan ham qayd etilayotgan ko’rsatkichlar e’tirofga sazovor. Kon boshqarmasi oltin tarkibli rudani qazib olish rejasini 105,9%ga(o’sish sur’ati 104,4%), rudani qayta ishlash rejasini 105,2%ga (o’sish sur’ati 103,4%), konsentratda metall rejasi bo’yicha birinchi metall rejasini 102,9%(o’sish sur’ati 102,1%), ikkinchi metall rejasini 155,7%ga(o’sish sur’ati 109,5%)ga uddalagan.

Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham o’tgan davrda yuqori mehnat marralarini zabt etishmoqda.  Jumladan, oltin tarkibli rudani kazib olish rejasi 107,3%ga(o’sish sur’ati 100,6%), rudani qayta ishlash rejasi 100,5%ga(o’sish sur’ati 100,4%), konsentratda metall rejasi bo’yicha birinchi metall rejasi 103,4%(o’sish sur’ati 101,1%), ikkinchi metall rejasi 135,8% (o’sish sur’ati 88,6%)ga bajarilgan.

Kovuldi koni mehnat jamoasi ishlab chiqarish sur’atlarini tushirmagan holda o’tgan 7 oy mobaynida oltin tarkibli rudani qazib olish bo’yicha 106%, rudani qayta ishlash bo’yicha esa 103,5% natija qayd etishgan. Konsentratda metall rejasi bo’yicha birinchi metall rejasi 104,5%ga, ikkinchi metall rejasi 105,1%ga uddalangan.

Mis kuporosi ishlab chiqarish rejasi 101,7%ga, emallangan mis sim ishlab chiqarish rejasi 100,2%ga uddalanib, o’sish sur’ati mos ravishda 109,5%ga va 105,7%ga yetkazilgan.

Asosan eksport uchun mo’ljallangan mis quvurlarini ishlab chiqarish rejasi 119,2%ga bajarilgani va o’sish sur’ati 125,2%ga yetkazilganini alohida ta’kidlash joiz.

Qurilish sohasida eng zarur bo’lgan material – portlandsement ishlab chiqarish bo’yicha ham natijalar quvonarli. Portlandsement ishlab chiqarish bo’yicha o’sish sur’ati o’tgan davr mobaynida 100,6%ni tashkil etayapti.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech