A- A A+

Yangiliklar

Hisobot-saylov konferensiyasi

on .

3 avgust kuni OKMK Avtomobil transporti boshqarmasi kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo’lib o’tdi. “Zoom” platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirda boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Olimjon Ahmedov o’tgan 5 yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha delegatlarga hisobot berdi.

Hisobotda ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan rejalar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, konferensiyada COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari doirasidagi qilinayotgan ishlar bo’yicha ham batafsil ma’lumot berildi.

Boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasining faoliyati delegatlar tomonidan bir ovozdan qoniqarli deb topildi.

Tadbirda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Murojaatlar va ijro nazorati bo’yicha mutaxassisi Zamira Ikramova va ATB boshlig’i Sobir Alimov ishtirok etdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech